Rossiyaning «Transport buduşçego» kompaniyasi 2025 yil oxirigaça Özbekistonda fuqarolik dronlarini işlab çiqaruvçi korxonani işga tuşiradi. Bu haqda kompaniya boş direktori Yuriy Kozarenko «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat körgazmasining yalpi majlisida ma’lum qildi.
«Biz bozorni tahlil qildik va şuni aytişimiz mumkinki, bugungi kunda ön minglab dronlarni bozorga iqtisodiy va samarali integratsiyalaş mumkin, bu esa köproq rentabellikni ta’minlamoqda. Bu yerda Özbekiston Respublikasida qurilayotgan qöşma korxonamiz joriy yil oxirigaça işga tuşiriladi, işlab çiqariladigan mahsulot hajmi 100 million dollardan ortiq bölişini kutmoqdamiz. Bu esa Özbekiston Respublikasi mahsulotlarini mahalliylaştiriş darajasida faqat 50 foizni taşkil etadi. Ya’ni, bu işlanma, işlab çiqariş va dronlardan foydalaniş uçun alohida blok», dedi u.
Kozarenko sözlariga köra, dronlardan foydalaniş uçun Rosaviatsiya va Özbekiston Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (ÖzAviatsiya) bilan bir qança işlarni amalga oşiriş kerak.
«Bu dronlardan foydalaniş xavfsiz va tejamkor bölişi uçun infratuzilmani taşkil qilişdir. Bu biz respublikada ham öz zimmamizga olgan va hamkasblarimiz bilan birgalikda olib borayotgan iş», deb qöşimça qildi boş direktor.
«Transport buduşçego» Özbekistonga loyihalarni birgalikda amalga oşirişni taklif qilmoqda, bunda «Rossiya Federatsiyasi nafaqat texnologiyalarni uzatuvçi, balki texnologiyalarni qabul qiluvçi va mahsulot qabul qiluvçi tomonga ham aylanadi», dedi Kozarenko.

















