Biz körgazmaning dastur direktori Anton Atraşkin bilan suhbatlaşdik. U körgazma qanday qilib oddiy kelişuvlarni amalda işlaydigan zavodlarga aylantirişga yordam berayotgani, qaysi sohalarga Rossiya sarmoyasi köproq kirayotgani va yirik buyurtmaçilar bilan işlaş uçun özbekistonlik işlab çiqaruvçilar nimalarga e’tibor qaratişi kerakligi haqida gapirdi.

INNOPROM kun tartibini kim şakllantiradi?

Anton Atraşkin INNOPROM körgazmasi bilan 15 yildan beri şuğullanadi. U körgazmaning işbilarmonlik dasturini tuzadi, muhokama qilinadigan mavzularni belgilaydi hamda iştirokçi davlatlar hukumatlari va biznes vakillari bilan hamkorlik qiladi. Dastur tayyorlanişi jarayonida u Özbekistonning biznes uyuşmalari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan doimiy muloqotda böladi.

“Dastur tuzişda faqat Google orqali topilgan ma’lumotlarga emas, özbek auditoriyasini qiziqtirayotgan real ehtiyojlar va dolzarb mavzularga tayaniş juda muhim”, – deydi Atraşkin.

INNOPROM nima va u oddiy körgazmalardan nimasi bilan farq qiladi?

INNOPROM 16 yil avval Yekaterinburg şahrida mintaqaviy sanoat körgazmasi sifatida taşkil etilgan. Dastlabki körgazmaga juda kam kompaniya kelgani sababli böş turgan binoni töldiriş uçun içkariga haykallar qöyişga töğri kelgan. Pavilon markaziga joyni band qiliş uçun yoğoçdan yasalgan otlar ham joylaştirilgan.

Hozirgi kunda körgazmadagi barça joylar tadbir boşlanişidan yarim yil oldin sotiladi. Sönggi körgazmada faqat Xitoydan kelgan 400 dan ortiq kompaniya iştirokçi sifatida qatnaşgan. Har yili körgazmaga 60 ta davlatdan taxminan 50 ming kişi taşrif buyuradi. U hozir beş mamlakatda ötkaziladi: Rossiya, Özbekiston, Belarus, Saudiya Arabistoni, navbatda esa Hindiston turibdi.

Uning köplab sohaviy tadbirlardan asosiy farqi şundaki, INNOPROM faqat bitta yönalişga ixtisoslaşmagan. Bu universal sanoat körgazmasi bölib, unda bir vaqtning özida turbinalar va dronlar, dvigatellar, raqamli platformalar, yuk maşinalari va tibbiy protezlar namoyiş etiladi.

Şu sababli işlab çiqariş direktori yoki korxona egasi körgazmaga bir marta taşrif buyurib, butun sanoat imkoniyatlari bilan tanişişi va şu yerning özida hamkorlik böyiça kelişuvlarga erişişi mumkin.

“Köp hollarda odamlar stanoklar yoki maşinalarni bevosita körgazma stendlaridan sotib olişadi”, – deydi