Norma’ning yozişiça, Özbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari röyxatini tuziş böyiça yöriqnomaga muvofiq, ADVR Özbekiston hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflaş asosida şakllantiriladi.
Mazkur röyxatdan tibbiyot muassasalari ehtiyojini tahlil qilişda, xaridlarni oqilona taşkil etiş va dori vositalarini taqsimlaşda, xodimlarni uni töğri qöllaşga örgatiş, mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari işlab çiqarilişini rağbatlantirişda, asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qiliş va narxini şakllantirişda foydalaniladi.
Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va çiqarilgan şakli körsatilgan holda ADVRga kiritiladi. Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomga ega bölmagan taqdirda, uning örnini bosuvçi nom yoki tarkib körsatiladi.
Yangi röyxatda dori vositalarining 43 guruhi böyiça preparatlar dozalari körsatilmagan holda berilgan. Xususan, asosan markaziy asab tizimiga ta'sir qiluvçi, psixotrop dori vositalari, analgetik vositalar, asosan periferik xolinergik jarayonlarga ta'sir qiluvçi dori vositalari va boşqalar kiritilgan.
Röyxat Savdo-sanoat palatasi va Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi bilan kelişilgan.
Mazkur buyruq bilan Soğliqni saqlaş vazirligining buyruği (27.07.2018 y.) bilan tasdiqlangan asosiy dori vositalari röyxati öz kuçini yöqotadi.












