Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Özbekiston hududida ekişga tavsiya qilingan qişloq xöjaligi ekinlari davlat reyestrini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
  • Qişloq xöjaligi ekinlari navlarini sinaş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti.

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Özbekiston hududida ekişga tavsiya qilingan qişloq xöjaligi ekinlari davlat reyestrini yuritiş tartibi va unga qöyiladigan talablar;
  • davlat reyestrida röyxatdan ötkaziş töğrisida ariza taqdim etiş va uni körib çiqiş tartibi;
  • davlat reyestriga kiritiladigan ma'lumotlar;
  • davlat reyestridan çiqariş tartibi va asoslar.

Nizomga muvofiq, davlat reyestriga kiritiş uçun qişloq xöjaligi ekinlari navlari xöjalik uçun foydali belgilari böyiça sinovdan ötkaziladi. Sinaş har yili Qişloq xöjaligi ekinlari navlarini sinaş markazi tomonidan turli tabiiy tuproq-iqlim şaroitli hududlarda joylaşgan nav sinaş stansiyalari va uçastkalarida hamda ariza beruvçi tomonidan tanlangan maydonlarda ötkaziladi.

Sinaş markaz tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq ötkaziladi. Markaz qişloq xöjaligi ekinlarining davlat reyestrini yurituvçi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Belgilanişiça, navlarning xöjalik uçun foydaliligi quyidagi belgilar böyiça aniqlanadi:

  • hosildorlik;
  • ösiş davri;
  • kasallik va zararkunandalarga, turli tuproq-iqlim şaroitlariga çidamliligi;
  • mahsulotning sifati va boşqa belgilar.

Bir yillik qişloq xöjaligi ekinlari navlari xöjalik uçun foydali belgilari böyiça kamida bir yil, köp yillik qişloq xöjaligi ekinlari navlari uçun ular töliq hosilga kirgan paytidan kamida bir yil mobaynida sinovdan ötkaziladi. Ekspert komissiyasi xulosasiga köra, qişloq xöjaligi ekinlari navlari bir yillik sinov natijalari böyiça davlat reyestrida röyxatdan ötkazilişi mumkin.

Qişloq xöjaligi ekinlari navlarini röyxatdan ötkaziş uçun talabgor markazga tegişli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma taqdim etadi. Markaz beş iş kuni içida talabnoma beruvçi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar töliqligi va töğriligini körib çiqadi.

Markazning qişloq xöjaligi ekinlari navlarini ekişga tavsiya qiliş töğrisidagi qarori tasdiqlangandan hamda talabnoma beruvçi tomonidan tegişli tölovlar amalga oşirilgandan keyin uç oy muddatda qişloq xöjaligi ekinlari navlari davlat reyestrida röyxatdan ötkaziladi.

Davlat reyestrida röyxatdan ötkazilganlik töğrisida guvohnoma uç yil muddatga beriladi.

Respublika davlat budjeti mablağlari hamda qişloq xöjaligi ekinlari navlari sinovini ötkaziş böyiça körsatilgan xizmatlar uçun tölovlardan tuşgan mablağlar davlat reyestrini joriy etiş va yuritiş bilan boğliq faoliyatni moliyalaştiriş manbalari hisoblanadi.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 13.05.2020 yildagi «Qişloq xöjaligi ekinlari navlarini sinaş markazi faoliyatini takomillaştiriş, qişloq xöjaligi ösimliklari turlarining Milliy genbankini yaratiş töğrisida»gi 282-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.