Bugun elektr energiyasisiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bölmaydi. Uyda deysizmi yoki işxonada, elektr energiyasi inson uçun qulay şaroit yaratadigan ajralmas yordamçiga aylandi. Ulkan şaharlar, gigant işlab çiqariş korxonalarini ham harakatlantiruvçi kuç – bu elektr energiyasi. Mamalakatimizda elektr energiyasi işlab çiqariş sektorida issiqlik elektr stansiyalarining uluşi qariyb 86 foizni taşkil qiladi.

Soha oldida turgan muhim vazifalardan biri – boşqaruv, ma'lumotlar almaşinuv va işlab çiqariş jarayonini raqamlaştiriş, tizimga jahonda yetakçi hisoblangan IT texnologiyalarni joriy etiş hisoblanadi.

«Raqamli Özbekiston-2030» strategiyasi va raqamli transformatsiya dasturini samarali taşkil etiş böyiça «Issiqlik elektr stansiyalari» AJda «Iks xolding» kompaniyasi vakillari bilan işçi uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuvda «Iks xolding» kompaniyasi tomonidan «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va uning tarkibidagi korxonalarda boşqaruv va işlab çiqariş jarayonlarini avtomatlaştiriş tizimini joriy etiş böyiça ötkazilgan örganiş natijalari taqdimoti bölib ötdi.

Taqdimot davomida, kompaniyaning soha korxonalari faoliyati bilan tanişiş bosqiçi yakunlariga köra berilgan baholar e'lon qilindi hamda keyingi bosqiçlarga tayyorgarlik yuzasidan kelişuvlarga erişildi.

Ta'kidlaş lozimki, mazkur kompaniya bilan hamkorlikda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va uning korxonalarida innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etiş böyiça raqamli transformatsiyani amalga oşiriş uçun «yöl xaritasi» işlab çiqilgan hamda bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ
Matbuot xizmati