Joriy kuz-qiş mavsumida 27,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqariş rejalaştirilgan. Bu haqda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ axborot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedov ma’lum qildi.
Qayd qilinişiça, 2023 yil noyabr-dekabr oylarida kunlik örtaça 158 mln kVt·soat, hamda 2024 yil yanvar-mart oylarida kunlik örtaça 160 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Buning uçun jami 6,3 mlrd kub metr tabiiy gaz, 820 ming tonna mazut, hamda 670 ming tonna kömir sarflanişi rejalaştirilgan.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida belgilangan 38,5 mlrd kVt·soat örniga, 39,8 mlrd kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarilib, reja 103,3 foizga bajarilgan. 2023 yil yakuniga qadar 53,8 mlrd kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarilişi rejalaştirilgan.
Ta’kidlanişiça, kuz-qiş mavsumida aholining elektr va issiqlik energiyasiga bölgan talabini qondiriş, mavsumni betalofat ötkaziş maqsadida elektr stansiyalar belgilangan rejaga muvofiq, mavsumga şay holatga keltirilgan.
Jumladan, rejadagi 53 ta energoqurilmaning 46 tasida (87 foiz) ta’mirlaş işlari yakunlangan. Ta’mirlaş işlari 15 noyabrga qadar elektr energiya işlab çiqariş rejasiga ta’sir qilmagan holda töliq yakunlanib, foydalanişga topşirilişi aytilmoqda.
Ta’mirlaş işlariga General Electric (AQŞ), Rossiyaning «Silovyye maşiny», «Kalujskiy turbinnyy zavod» va «Taganrogskiy kotelostroitelnyy zavod», Yaponiyaning Mitsubishi Hitachi Power Systems, Janubiy Koreyaning Hyundai konsorsiumi vakillari jalb etilgan.












