Örganiş natijalariga köra, Xorazm viloyatida I çorakda barça sohalarda qayd qilingan jinoyatlar miqdori 9,5 foizga, jinoyat qidiruv sohasi böyiça esa 19 foizga kamaygani aniqlangan. 

Jinoyat turlaridan qotillik, nomusga tegiş, avtotransport vositalarini haydab qoçiş, talonçilik, bosqinçilik, bezorilik, tovlamaçilik, unça oğir bölmagan va yengil tan jarohati yetkaziş kabilar qayd etilmagan. Viloyat hududidagi 524ta mahallaning 469tasida, ya'ni 89,5 foizida jinoyat sodir etilmagan. Biroq, 47ta mahallada kriminogen vaziyat oğir ekani aniqlangan.

Öz xizmat hududida jinoyatçilikni jilovlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiriş va jamoat xavfsizligini ta'minlaşda yöl qöygan jiddiy kamçiliklari hamda asossiz ravişda xotirjamlikka va beparvolikka berilgani uçun 4 nafar içki işlar organlari xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi va yana 4 nafari intizomiy jazoga tortildi.

Xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erişgan 15 nafar içki işlar organlari xodimi “A'lo xizmatlari uçun”, “Benuqson xizmatlari uçun” kökrak nişoni, faxriy yorliq, esdalik qöl soati hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.