Pölat Bobojonov boşqa işga ötişi munosabati bilan prezidentning kadrlar böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar qildi.

Muqaddam 7,5 yil mobaynida içki işlar vaziri bölgan Bobojonov 2025-yil martidan buyon prezident maslahatçisi Ğofurjon Mirzayevning örinbosari edi.

Bugun Ğofurjon Mirzayev Özbekiston boş vaziri örinbosari – Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi etib tayinlandi. 

Manbalarga köra, Bobojonov endi uyuşmada unga örinbosarlikni davom ettiradi. 

Şuningdek, iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Samandar Sadullayev uyuşma raisining birinçi örinbosari bölgan.

Kadrlar böyiça maslahatçi lavozimi tugatildi

Prezident administratsiyasi tuzilmasini maqbullaştiriş işlari doirasida prezidentning kadrlar böyiça maslahatçisi lavozimi va uning bölinmasi tugatildi.

Şuningdek, davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqin hamkorlik qiliş hamda ularning faoliyatini muvofiqlaştiriş Komplayens xizmatining qöşimça faoliyat yönalişi etib belgilandi.

Mahalla instituti faoliyati samaradorligini yanada oşiriş esa Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi bölinmasining qöşimça faoliyat yönalişi sifatida belgilandi.