Qayd etilişiça, joriy yilning uç oyi davomida viloyat IIB YHX xodimlari tomonidan turli qoidabuzarliklar uçun 49 ming 169ta ma'muriy bayonnoma tuzilgan. Şundan 28 603ta holat qöpol tarzda buzilgan qoidabuzarlik, 1994ta holatda haydovçilar mast holda avtomaşina boşqargan, 5 909ta holat esa piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik bölgan. Qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun huquqbuzarlardan 7 milliard 754 million söm jarima undirilgan.

Haydovçilarning avtomaşinalarni belgilangan tezlikda boşqarişlarini nazorat qiliş uçun, viloyat hududidan ötuvçi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yöllariga 17ta statsionar, 6ta mobil radar örnatilgan. Ötgan uç oyda radarlar 30 473ta tezlikni belgilangan me'yordan oşiriş böyiça qoidabuzarlikni aniqlagan.

Joylarda harakat xavfsizligini ta'minlaş çoralariga e'tiborsizlik qilgan 14 nafar mansabdor şaxsga ma'muriy çoralar körilgan. Bundan taşqari, yöl sifatiga va unda örnatiladigan yöl belgilari holatiga javobgar bölgan yöl xöjaligi taşkilotlariga 24ta, şahar-tuman hokimliklariga 6ta taqdimnoma kiritilgan.