Pensiya jamğarmasi matbuot xizmati 2021 yilning 1 iyun kunidan pensiya ta'minoti sohasida qanday özgarişlar bölişi töğrisida batafsil ma'lumot berdi.
Pensiya va nafaqalarni tayinlaşda fuqarolar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş maqsadida joriy yil 1 iyundan boşlab;
- pensiyalarni tayinlaşda şaxsning iş haqi va mehnat staji töğrisidagi ma'lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr - 2005 yildan avvalgi yillar uçun iş staji şaxsning mehnat daftarçasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovçi hujjatlar talab etilmasdan hisobga olinadi;
- uç yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekşiriş hamda ular böyiça aniqlangan ortiqça tölovni undiriş bekor qilinadi;
- işlovçi fuqarolar tomonidan işlamaydigan turmuş örtoqlari kelgusida pensiya ta'minotiga ega bölişlari uçun öz daromadlaridan ixtiyoriy ravişda har oyda ijtimoiy soliq tölaş huquqi beriladi;
- pensiya va nafaqalar fuqaroning xohişiga köra röyxatga olingan doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyi böyiça tayinlanadi va tölanadi;
- pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz şaklda oliş uçun arizalar fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tegişli bölimiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini oçiş jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron şaklda rasmiylaştiriladi;
- fuqarolarning pensiyaga bölgan huquqi yöqolganini tegişli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron ma'lumotlar asosida aniqlaş orqali pensiyalarni naqd pulsiz şaklda oluvçi şaxslar tomonidan har olti oyda Pensiya jamğarmasi bölimiga keliş hamda mas'ul xodimlar tomonidan joylarga çiqqan holda monitoring ötkaziş majburiyati bekor qilinadi.












