Özbekiston, Rossiya, AQŞ, Yevropa ittifoqi, NATO, Islom hamkorlik taşkiloti va yana 18ta davlat vakillari Afğoniston böyiça Istanbulda ötadigan anjumanda iştirok etişga taklif etildi. BMT, Turkiya va Qatar tomonidan taşkillaştirilayotgan anjuman 24 apreldan 4 maygaça Istanbulda bölib ötadi.
Ta'kidlanişiça, anjumanda iştirok etiş uçun takliflar Özbekiston, Avstriya, Ozarboyjon, Kanada, AQŞ, Rossiya, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Yaponiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Yevropa ittifoqining oliy vakili, NATO va Islom hamkorlik taşkiloti boş kotiblariga yöllangan.
BMT boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning ma'lum qilişiça, Antoniu Guterriş anjumanda videoformat şaklida iştirok etişni rejalaştirmoqda.
Avvalroq Turkiya taşqi işlar vazirligi Afğoniston va “Tolibon” vakillari iştirokida Afğonistondagi vaziyatni tinçlik yöli bilan tartibga soliş böyiça anjuman ötişini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, Istanbul anjumanidan közlangan asosiy maqsad Dohada ötayotgan Afğonistonaro muzokaralarni jadallaştiriş va töldiriş hisoblanadi.












