Turkiyaning Istanbul şahrida kuçli toşqin oqibatida ikki kişi halok böldi. Gubernatorning sözlariga köra, bu hodisaga sönggi 84 yil içidagi eng kuçli yomğirlar sabab böldi.

14 yoşli ösmir kölmakdan yurganida elektr toki urişidan vafot etgan. Yana bir qurbon 34 yoşli erkak bölib, u yölni kesib ötmoqçi bölganida sirpanib ketgan va yiqilib, boşi bilan yölakka töşalgan toşga urilgan.

Istanbul şahri meri örinbosari sözlariga köra, qutqaruvçilar suv toşqini tufayli qamalib qolgan qariyb 600 kişini evakuatsiya qilgan. Şaharning ayrim hududlarida avtomobillar suv ostida qolib ketgan.

Istanbul viloyati gubernatori Davut Gul aholini öta zarur bölmaganda uydan çiqmaslikka çaqirgan.

Gubernator maʼmuriyati tok urişidan vafot etgan ösmir ölimi yuzasidan tekşiruv olib bormoqda.

Turkiya içki işlar vaziri sözlariga köra, Istanbulning ayrim hududlarida örtaça yillik meyorning yettidan bir qismiga teng miqdorda yoğingarçilik bölgan. Yomğirlar davom etişi kutilayotgani sababli, hukumat maktablarni yopişga körsatma berdi.

Image
Anadolu via Getty Images

Şahar meri örinbosari Nuri Aslanning xabariga köra, toşqin tufayli qamalib qolgan 595 kişi xavfsiz joylarga köçirilgan. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etişga favqulodda xizmatlar va kommunal xizmatlarning sakkiz mingdan ortiq xodimi iştirok etmoqda.

«Barça fuqarolarimizni kutilayotgan kuçli yomğir va böron munosabati bilan, ayniqsa tungi soatlarda huşyor bölişga çaqiraman», – deya yozgan u X ijtimoiy tarmoğida.

Şuningdek, aholiga şaxsiy avtomobillar örniga jamoat transportidan foydalaniş tavsiya qilingan. Istanbul metrosi iş vaqti tungi soat 2 gaça uzaytirilgan.

Image
Foto: Getty Images
Istanbulning Kuçukçekmeje tumanida yuzaga kelgan suv toşqini

Suv toşqinlari aviaqatnovlarga ham taʼsir qilmoqda. BBC Turkiya xizmatiga köra, 46 ta samolyot Istanbuldagi aeroportlarga qöna olmagan.

Sariyer tumanida savdo markazining avtoturargohini suv bosgan, u yerda bir neçta avtomobil suv ostida qolib ketgan. Mahalliy OAV xabariga köra, şaharning boşqa qismlarida yöllarning ayrim qismlari qulab tuşgan, daryolardan biri qirğoqlaridan toşib çiqqan.