Yiğiliş avvalida Boşqaruv raisi tabiiy gaz qazib çiqariş 8,2 mlrd kub metrni taşkil etib, balans böyiça 100,9 foizga, kondensat 100 foizga (358 ming tonna), neft böyiça belgilangan körsatkiçlar 109 foizga (31 ming tonna) bajarilgan bölsa-da, qöşimça reja topşiriği böyiça ayrim mas’ullar işni töğri taşkil qilmaganini keskin tanqid qildi.
Şuningdek, «Özbekneftgaz» AJ tomonidan 2021 yilda geologik-texnik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça yangi rejalar belgilangan bölib, quduqlarni işga tuşiriş 113 foiz (45 ta quduq), quduqlarni mukammal ta’mirlaş 101 foizga (174 ta quduq) bajarildi. Boşqaruv raisi uşbu yönalişda bundan-da yuqori natijalar kutilganini alohida ta’kidlab, birinçi yarim yillikda yanada köproq tabiiy gaz quduqlarini işga tuşiriş böyiça vazifalarni belgilab berdi.
Neft va gaz mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça, jumladan, avtobenzin 128 foiz (238 ming tn), dizel yonilğisi 185 foiz (77 ming tn), polietilen 101 foiz (35 ming tn) yönalişlarida rejani ortiği bilan bajariş qayd etilgan bölsa-da, aviakerosin, mazut işlab çiqarişda qoloqlikka yöl qöyilgani ta’kidlandi va buning uçun tegişli rahbarlar ogohlantirildi.

Suyultirilgan gaz (159 ming tn) böyiça ham belgilangan qöşimça işlab çiqariş körsatkiçlari bajarilmagani, agarda birinçi yarim yillikda ham şu holat takrorlansa, mas’ullarga qat’iy jazo çoralari körilişi belgilab qöyildi.
Öz navbatida, yuqori natijalar qayd etilgan yönalişlar alohida e’tirof etildi. Aynan eksport yönalişida natijalar 111 foizga bajarilib, ösiş surati 107 foiz bölişiga erişilgan. Xuddi şu kabi investitsiyalarni özlaştiriş 103 foiz, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş 105 foiz, importni qisqartiriş 157 foizga bajarildi.
Boşqaruv raisi «Özbekneftgaz» AJ oldida turgan eng asosiy masala – tabiiy gaz qazib çiqariş işlari holati şunça şaroit yaratilganiga qaramay, joylarda iş töğri taşkil qilinmayotganini tanqid qildi.
Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi tomonidan tabiiy gaz qazib çiqariş rejasi bajarilgan bölsa-da, ötgan yilga nisbatan ösiş sur’ati 98 foiz bölib, 103 mln kub metrga kam qazib çiqarilgani, Siquv kompressor stansiyalarining tabiiy gaz qazib çiqariş quvvati kunlik 1,5 mln kub metr bölsa-da, bugungi kunda ulardan samarali foydalanilmayotgani, avariya holatda töxtalişlar köp sodir bölayotgani, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oşib ketgani va bunga aynan Boşqarma rahbari javobgar ekani aytib ötildi.
Şu sababli, Boşqaruv raisi örinbosari Şahzod Alirizayev, Muxtor Temirov, Quriliş departament boşliği Orifjon Quvanov, Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi rahbari Rustam Şerovga tabiiy gaz qazib çiqarişni köpaytiriş maqsadida, uzunligi 5 km (diametri 426 mm va 530 mm) bölgan gaz quvurlarini yotqiziş va quriliş-montaj işlarini tezlaştiriş böyiça alohida topşiriqlar berildi.
«Alan» va «Zevarda» koni quduqlar fondi bilan işlab, yangi quduqlarni burğilab işga tuşiriş orqali gaz qazib çiqarişni köpaytiriş çoralari körilişi belgilandi.

Bundan taşqari, Boşqaruv raisi Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi faoliyatiga ham alohida töxtalib, tabiiy gaz qazib çiqariş rejasi bajarilgan bölsa-da, ösiş sur’ati kutilganidek bölmaganini, Boşqarmada avariyaviy töxtalişlar soni oşganini tanqid qildi.
Şu örinda Boşqaruv raisi örinbosari Alişer Mustafayev, Departament boşliqlari Sirojiddin Mallayev va Aziz Rahmonov, Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi rahbari Şokir Jabborovga birinçi yarim yillikda tabiiy gaz qazib çiqariş qöşimça topşiriq bilan 4 mlrd 433 mln kub metrdan kam bölmagan hajmda ta’minlaş böyiça topşiriq berildi.
Öz navbatida, Vodiy neft va gaz qazib çiqariş va Gazli neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi rahbarlari ham işni töğri taşkil qilmagani, yetarli kamçiliklarga yöl qöygani, tabiiy gaz qazib çiqariş böyiça belgilangan körsatkiçlarni bajarmagani uçun rasman ogohlantirildi.
Boşqaruv raisi Muborak gazni qayta işlaş zavodida 21 marotaba avariyaviy töxtalişlar sodir bölgani, şundan 18 tasi kompressorlar bilan boğliq nosozliklar ekanini tanqid qildi.

Uşbu holatlar oqibatida işlab çiqariş jarayonlari töxtab, zavodga katta miqdorda moliyaviy zarar yetayotgani, töxtalişlar natijasida suyuq uglevodorodlar yöqotilayotgani, buning oldini oliş uçun zudlik bilan barça çoralar körilişi böyiça vazifalarni belgilab berdi.
Boşqaruv raisi joriy yil birinçi çorakda yöl qöyilgan kamçiliklar va muammolarni qayta takrorlamaslik hamda ikkinçi çorakda tabiiy gaz qazib çiqariş va uni qayta işlaş, quduqlarni kapital ta’mirlaş va burğilaş işlarini jadallaştiriş maqsadida, Uglevodorodlarni qazib çiqariş departamenti boşliği Aziz Rahmonov boşçiligida tegişli departament mutaxassislaridan tarkib topgan «Tezkor işçi guruh» taşkil qiliş va yuzaga kelayotgan muammolarni öz vaqtida bartaraf qiliş böyiça körsatmalar berdi.
Yiğiliş söngida Boşqaruv raisi neft bazalar faoliyatiga alohida töxtalar ekan, şunça çora-tadbirlar amalga oşirilişiga qaramay, neft bazalarining rahbarlari tegişli xulosa çiqarmayotgani, işni töğri taşkil qilmayotganini aytib ötdi.
Neft bazalar tomonidan dizel yonilğisi sotiş körsatkiçlari juda açinarli holatda ekani, 2021 yil 1 yanvar holatiga 34,7 mlrd sömlik debitor qarzdorlik, jumladan Buxoroda – 26,5 mlrd söm va Jizzaxda – 8,2 mlrd sömlik qarzdorlik yil davomida yaşirib kelingani ta’kidlandi.

Faoliyati davomida yöl qöygan kamçiliklari, jumladan, debitor qarzdorliklarni bartaraf etiş böyiça tizimli işlar taşkil qilmagani sababli Jizzax neft bazasiga qaraşli Zarbdor filiali direktori egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Boşqaruv raisi Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti tomonidan örganişlar olib borilayotganiga qaramay, hanuzgaça sohada talon-toroj va öğriliklar bölayotganini aytib, bu borada töplangan hujjatlar tegişliligiça prokuratura organlariga berilişini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, örganişlar natijasida Ustyurt boşqarmasi tasarrufidagi avtotransport vositalari asossiz ravişda, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilmagan holda Ustyurt burğilaş boşqarmasiga 3 oy xizmat körsatib kelgan. Şuningdek 1 yil davomida nosoz holda turgan buldozer transport vositasiga biriktirilgan 2 ta haydovçiga 65 mln söm iş haqi tölangani, Şörtan gaz kimyo majmuasida amalda mehnat faoliyatini olib bormayotgan xodimlarga oylik iş haqi hisoblangani va tölab kelingani, Muborak gazni qayta işlaş zavodida haydovçilar mehnatga buyruqsiz jalb qilingani, noqonuniy yöl varaqalari rasmiylaştirilgani, Maroqand neft bazasi Nurobod filialida 115 ming litr yoki qiymati 663 mln söm bölgan mahsulot kamomadi aniqlandi.
«Özbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ











