Çempionlar ligasi. 1/4 final. Javob öyini
«Borussiya» D (Germaniya) — «Mançester Siti» (Angliya) — 1:2 (1:0)
Gollar: Bellingem, 15 (1:0). Mahrez, 55 — penaltidan (1:1). Foden, 75 (1:2).
«Borussiya»: Hits, Hummels, Akanji, Morey (Tigges, 82), Roys, Emre Jan, Rafael Gerreyru, Daud (Azar, 76), Bellingem (Brandt, 81), Holand, Knauff (Reyna, 68).
«Mançester Siti»: Ederson, Uoker, Stouns, Zinçenko, Ruben Diaş, Gundöğan, De Bryuyne, Ernandes, Foden, Mahrez (Sterling, 88), Bernardu Silva.
Ogohlantiriş: Bellingem, 39.
Hakam: del Serro Grande (Ispaniya).
14 aprel. Dortmund. «Signal Iduna Park» stadioni.
Birinçi öyin — 1:2.
Mançesterdagi faoliyatining beşinçi mavsumiga kelib Pep Gvardiola nihoyat Çempionlar ligasining çorak final bosqiçidan ötdi. Jud Bellingem birinçi bölim boşida Ederson qöriqlayotgan darvozaning yuqori qismiga joylaştirganida, dunyo böylab millionlab muxlislar «Siti» va ispaniyalik mutaxassisning navbatdagi omadsizligi haqida hazilomuz gaplar yozişga şaylangandi.
Ammo bu safar barçasi «Siti» uçun yaxşi yakunlandi. Birinçidan, Gvardiolaning özi ham keraksiz donolik qilib, vaziyatni çigallaştirmadi. Sönggi mavsumlarda «Siti» har safar şu bosqiçda mağlub bölgani (masalan, ötgan mavsumda «Lion»dan) «aqllilik balosi» sifatida izohlangan. Jamoasi Gvardiolaning ilk mavsumida nimçorak finalda «Monako»ga yutqazgan, keyingi uç mavsumda «Liverpul», «Tottenhem» va «Lion» jamoani çorak finalda qoldirib ketgandi. Pep juda murakkab rejalar tuzar, natijada bundan raqib emas, uning öz jamoasi zarar körardi. Ikkinçidan, referi va VAR har safar «Siti»ning zarariga qaror çiqardi — masalan, 2019 yilda «Tottenhem»ga qarşi öyinda Rahim Sterlingning goli bekor qilingandi.
Emre Janning qöli va penalti böyiça bahslar davom etadi. Ammo e'tiborga oliş kerakki, qöl qanday holatda bölmasin, töp qölga tegib yönalişini davom ettirdi — bu penalti. FIFA va UYeFA çalkaşliklarga barham beruvçi qat'iy izoh berişi kerak.

Qolaversa, Angliyadagi birinçi mavsumdan farqli ölaroq, hozirgi «Siti» — çinakamiga Gvardiolaning jamoasi, joriy mavsumga kelib jamoa yanada yorqin öynay boşladi. Nemislarga qarşi ikki öyinda ham ğalaba golini urgan Fil Foden Germaniyadagi öyinda gol urgaç, ispaniyalik mutaxassis va uning yordamçilari tomon çopdi — bu köp narsadan darak. Uşbu yoş ingliz futbolçisini Pepning şaxsiy loyihasi deb ataş mumkin.

Yana penalti masalasiga qaytadigan bölsak, «Siti» bu penaltisiz ham juda yorqin öyin körsatayotgandi va ğalabaga haqli edi. Bu muhim, çunki Gvardiolaning tizimida jarayon ham natija kabi muhim ahamiyatga ega. Pep jamoasi mağlub bölgan öyinlardan keyin jamoasi maydonda yaxşi öynagani va öyindan köngli tölganini aytar va bu kulgi ostiga olinardi. Masalan, ötgan mavsumda «MS» Joze Mourino boşqaruvidagi «Tottenhem»ga yutqazganida — 0:2. «Siti» öşanda juda köp golli vaziyatlar yaratgan, 11 metrlik jarima zarbasidan gol urilmagan, öttizga yaqin zarba berilgan, bu vaqtda «şporlar» ikki bor zarba berib, ikki gol urişgandi. Ammo Gvardiolaning mantiği ham asosli: agar jamoa öyini joyida bölsa, natija ham qaçondir keladi.
Gvardiolaning yana bir muhim yutuği: uning jamoasi Erling Holandni zararsizlantirdi, u ikki öyinda ham maydonni golsiz tark etdi. Bungaça norvegiyalik hujumçi Çempionlar ligasida faqat ikki öyinda gol ura olmagandi: «Red Bull Zalsburg» safida guruh bosqiçi öyinida «Liverpul»ga va dortmundliklar safida 1/8 final öyinida «PSJ»ga. Holand YeÇLda 16 öyinida 20 gol urgan. Fenomenal statistika! «Borussiya» sensatsiyaga yaqin edi, ammo «Man Siti» 20 yoşli forvardni yopib qöydi.

Gvardiola uddalab bölmas topşiriqlardan birini uddaladi, endi navbatdagisi — Maurisio Poçettinoni YeÇLdan çiqarib yuboriş. «PSJ»ga qarşi öyindan oldin pul töla qoplar raqobati haqida kinoya qilib gapira boşlaydi, ammo aslida bu murabbiylar raqobatidir. VAR öz yöliga, ammo 2019 yilda argentinalik murabbiyning «Tottenhem»i «Siti»ni faqatgina hakamlik qarorlari bilangina yutmagandi.













