14 aprel kuni Qaşqadaryo viloyat rahbarlari 2021 yilning birinçi çoragida tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar va yöl qöyilgan kamçiliklar böyiça jamoatçilikka murojaat qildi.

Tadbirlarda 8 aprel kuni prezident Ş.Mirziyoyev boşçiligida ötkazilgan selektor majlisidada qöyilgan vazifalarga alohida töxtalib ötildi. Uşbu majlisda berilgan topşiriqlardan, tanqidlardan xulosa çiqargan holda viloyatning barça ösiş körsatkiçlarini kamida 30 foizga oşirişni maqsad qilib qöyilgani ta'kidlandi.

Tadbirkorlar va jamoatçilik

Kun.uz muxbiri xabariga köra viloyat hokimi Z.Mirzayev öz çiqişida tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun viloyatdagi imkoniyatlar, ajratilayotgan mablağlar, qilingan işlar haqida töxtalgan. Aholini hamda tadbirkorlar muammolarini hal etişda jonbozlik körsatmagani uçun mas'ullarni, ayniqsa, xalq deputatlari hududiy Kengaşlari deputatlari faoliyatini tanqid ostiga olgan.

«Ötgan vaqt oraliğida birorta deputat öz xizmat vakolatidan foydalanib tadbirkorning bank mablaği masalasini hal qilganini eşitmadim. Mas'ullar ham tadbirkorning muammosini hal etişda jonbozlik körsatmayapti. Tadbirkor yozma murojaat qiladi, xat rahbarlar orasida yuradi, oxirida bankka borib «qotadi». Masala hal bölmaydi. Endi boşqaça işlaymiz – har bir rahbar kunlik 2–3 soat vaqtini tadbirkorning muammosini hal etişga ajratadi. Kiçik iqtisodiy zonalarda böladi. Iş izlab yurganlarga böş iş örni yöq deb qaytaraveriş oson. Lekin har kuni bitta tadbirkorning muammosini hal etsak, yangi iş örinlari yaratiladi-ku. Bu bilan işsizlik muammosi ham hal böladi», — dedi Z.Mirzayev.

Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputatlari

Şuningdek, viloyat hokimi murojaatida ta'kidlaşiça, viloyatda jami 57 483 ta kiçik tadbirkorlik sub'yekti davlat röyxatidan ötgan. Kiçik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi uluşi 69,9 foizni taşkil etmoqda. Viloyat mahalliy budjetida soliq tuşumlaridagi uluşi 55 foizni taşkil etmoqda.

2021 yilning 1-çoragida viloyatda 6415 ta yangi iş örni taşkil etilgan, ularning 99,5 foizi (6384 ta) kiçik biznes hissasiga töğri keldi.

Zoir Mirzayev Qaşqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirişda imkoniyatlar yetarliligini, lekin quyidagi xomaşyolardan foydalaniş darajasi pastligini aytib ötdi:

12 mln kub metr qum-şağal zaxirasi bor – foydalaniş darajasi 20 foiz;

Oyna işlab çiqariş uçun dolomit va kvars qumi zaxirasi 33,3 mln tonna – 7 foiz;

Devorbop toşlar 9,5 mln kub metr – 4 foiz;

Tsement xomaşyosi 261 mln tonna – 84 foiz;

Gips va angidrit 19 mln tonna – 48 foiz;

Kömir zaxirasi 5,4 mln tonna – 0 foiz;

Keramzit xomaşyosi 19 mln kub metr – 5 foiz;

Tabiiy pardozbop toşlar 16 mln kub metr – 3 foiz.

Viloyatda mavjud asosiy xomaşyo resurslari va ulardan foydalaniş darajasi

«2020 yilda tijorat banklari tomonidan, ijtimoiy dasturlar doirasida ajratilgan bank mablağlari resurslaridan 15,3 mlrd söm özlaştirilmasdan qolgan. Xususan, Agrobankda 6,4 mlrd söm, Xalq bankida 5,3 mlrd söm, Mikrokreditbankda 3,6 mlrd söm özlaştirilmagan. Bu yil bunaqa bölmasligi kerak. Joriy yilning birinçi çoragida tadbirkorlik sohasiga jami 1,5 trln söm mablağ ajratildi», — dedi Z.Mirzayev.

Qaşqadaryoda 46 ta kiçik sanoat zonasi faoliyat yuritmoqda. Ularga 156 ta loyiha joylaştirilib, şundan 47 tasi işga tuşirilgan, 109 tasida quriliş-montaj hamda asbob-uskunalarni örnatiş işlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda KSZlarda 62 gektar yer maydoni foydalanilmasdan turibdi. Xususan, Ğuzorda 10 gektar, Çiroqçida 9 gektar, Nişonda 8 gektar, Qarşida 5,3 gektar, Dehqonobodda 5 gektar, Yakkaboğda 3,5 gektar va Qarşi şahrida 4,5 gektar böş turibdi.

«2021 yilda 54 gektarga 26 ta yangi kiçik sanoat zonasi taşkil etilişi belgilangan. Topşiriqqa 6 oy ötgan bölişiga qaramasdan, KSZlarning boş rejalari, loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş hamda ekspertiza xulosasini oliş oxiriga yetkazilmagan. Natijada, respublika budjetidan taşqi muhandislik va kommunikatsiya işlariga 26 mlrd söm mablağ ajratiş keçikmoqda.

Kiçik sanoat zonalarini rivojlantiriş rejasi

Yuqoridagi ahvoldan körinib turibdiki, prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 8 aprel kuni ötkazilgan yiğilişda qayd etilgan e'tirozlar hamda berilgan jazolar örinli», — deydi Z.Mirzayev.

Z.Mirzayev 2021 yilning ikkinçi çoragida bajariladigan iş rejasini 30 foizga köpaytiriş orqali kamçiliklarni bartaraf etişni, köproq yoşlarni iş bilan band qilib, kiçik sanoat zonalari sonini köpaytiriş lozimligini ta'kidladi. Mas'ullar va bank rahbarlari bilan kiçik biznes taşkil etmoqçi bölgan aholini qöllab-quvvatlaş, ularga imtiyozlar va ajratilayotgan subsidiyalar haqida ma'lumot yetkaziş, kiçik sanoat zonalarida birlaştiriş masalalariga kelişildi

Ikkinçi çorakda köproq tadbirkorlik sub'yektlarini taşkil etgan holda aholini iş bilan band qiliş, tadbirkorlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun bank mablağlari ajratiş, vaqtinça faoliyatini töxtatgan korxonalarni örganib çiqiş, röyxatdan ötmasdan faoliyat yuritayotgan fuqarolarga tuşuntiriş işlarini olib boriş rejalaştirildi.

Qişloq xöjaligi yönalişida davlat tomonidan beriladigan subsidiya va imtiyozlar

«Mavjud kiçik sanoat zonalarini töliq quvvatda işga tuşiriş, u yerda faoliyat yurituvçi sub'yektlarga har tomonlama kömaklaşiş, hududida kiçik sanoat zonasi mavjud bölmagan sektor rahbarlari bir hafta muddatda yangi kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş böyiça öz takliflarini berişi kerak.

Yaqinda Qarşi şahrida aeroport hududidan 132 gektar maydon şahar hokimligi zaxirasiga olindi. U yerda erkin iqtisodiy zonasi taşkil etiladi», — dedi Z.Mirzayev.

Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev

2018–2020 yillarda bank mablağlari ajratilib işga tuşmagan 280 ta loyiha hamda çetdan olib kelib örnatilmagan texnologik uskunalarni işga tuşirişni taşkillaştiriş, işga tuşmaslik sabablarini aniqlaş va bu orqali zaruriy yordam körsatiş çoralari köriladi.

Şundan söng viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev va IIB boşliği Şuhratjon Satvoldiyev axborot berdi.

Erkaboy Tojiyev, Qaşqadaryo viloyati prokurori
Şuhratjon Satvaldiyev, Qaşqadaryo viloyat IIB boşliği

Sektor rahbarlarining murojaatlaridan söng, tadbirkorlarning muammolari ham tinglandi.

Murojaatçi tadbirkorlar

Iştirok etgan 500 ga yaqin tadbirkorlardan 36 nafari tadbirkorligini rivojlantirişda muammolarga duç kelayotganini bildirdi. Şundan, 17 nafar tadbirkorning muammosiga joyida yeçim topilgan bölsa, 11 tasi ijroga yönaltirildi. 8 ta murojaat böyiça qöşimça örganiş olib borilişiga kelişildi.

Öraljon Kamolov, Kun.uz muxbiri