Xitoy Yaponiyani ikki tomonlama munosabatlarni yomonlaştiruvçi harakatlar qilişdan ogohlantirdi. Xitoyning Tokiodagi elçixonasi ana şunday bayonot bilan çiqdi.
«Keyingi vaqtda Yaponiya tomoni Xitoy bilan boğliq masalalar böyiça qator salbiy harakatlarni amalga oşirib, tomonlar örtasidagi siyosiy işonçga jiddiy putur yetkazdi», — deyiladi elçixona bayonotida.
Xitoy Yaponiyani siyosiy hujjatlarda qayd etilgan majburiyatlarga amal qilişga da'vat etgan.
«Biz Yaponiya tomonini yirik davlatlar qarama-qarşiligi pörtanasiga tuşib qolmaslikka çaqiramiz», — deyiladi bayonotda.
Bayonotda aytilişiça, Yaponiya va AQŞ yetakçilarining qöşma bayonotida Xitoyga nisbatan asossiz ayblovlar keltirilgan va bu Xitoyning içki işlariga aralaşuv hisoblanadi.
«Şu munosabat bilan Xitoy tomoni keskin norozilik bildiradi va qat'iy qarşi çiqadi. Xitoy Yaponiya va AQŞga qat'iy taqdimnoma jönatdi», — deyiladi unda.
Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden va Yaponiya boş vaziri Yosixide Suganing Vaşingtondagi muzokaralar böyiça qöşma bayonotida Amerika Yaponiyani zarurat tuğilsa, yadro quroli yordamida himoya qilişi mumkinligi aytilgandi.












