Qozoğiston AQŞ fuqarolariga boriş tavsiya etilmaydigan mamlakatlar röyxatiga kiritildi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti hisobotiga tayanib Deutsche Welle xabar berdi. 

Boriş tavsiya etilmaydigan mamlakatlar röyxatiga dunyodagi davlatlarning 80 foizga yaqinini kiritiş rejalaştirilgan. Davlat departamenti 34 mamlakat, jumladan, Qozoğiston, Braziliya, Argentina, Haiti, Rossiya, Mozambik, Çad, Kosovo, Keniya va Tanzaniyani törtinçi darajadagi xatarga ega davlatlar, deb topgan. 

Koronavirus sababli amerikaliklarning aksariyatiga Yevropa böylab sayohat qilişga ruxsat berilmagan. Bundan taşqari, Vaşington yaqin kunlarda Yevropa, Xitoy, Braziliya, Eron va Janubiy Afrikada bölgan noamerikaliklarga kirişni taqiqlagan. 

JSST ma'lumotlariga köra, AQŞda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 28 milliondan oşgan.