Xitoy 2020 yilda ölim jazolari soni böyiça dunyoda birinçi örinni egalladi, deb ma'lum qildi Amnesty International xalqaro nohukumat taşkiloti.
"2020 yilda eng köp qatl Xitoy, Eron, Misr va Saudiya Arabistonida amalga oşirildi", - deyiladi taşkilot hisobotida.
Qayd etilişiça, Xitoydagi qatllarning asl miqyosini baholaşning iloji yöq, çunki bu ma'lumotlar maxfiy.
Taşkilotning ma'lumotiga köra, ötgan yili 18 mamlakatda kamida 483ta ölim jazosi ijro etilgan, 1477ta qatl hukmi çiqarilgan.
Ötgan yili dunyo böyiça ölimga hukm qilinganlar soni 28567 nafarni taşkil etgan.
Xitoyni hisobga olmaganda, 2020 yilda qatllarning 88 foizi tört mamlakat: Eron, Misr, Iroq va Saudiya Arabistoniga töğri kelgan.
Amnesty International taşkilotining ta'kidlaşiça, ölim jazosi inson huquqlari, xususan, yaşaş huquqiga ziddir.
Hozirda dunyoning 144 mamlakatida ölim jazosi taqiqlangan yoki qöllanmaydi.












