2021 yil birinçi çoragida tez tibbiy yordam xizmatiga 2 mln 709 ming 135ta çaqiruv kelib tuşgan. Şundan 1 ming 874tasi asossiz murojaat ekani aniqlangan.
Şundan Farğona, Andijon viloyatlarida 300 mingdan ziyod, Toşkent, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlari hamda poytaxtda 200 mingdan ortiq çaqiriqlar qayd etildi.
Asossiz çaqiriqlarning eng köpi Surxondaryo viloyatida qayd etilib, bu raqam 497tani taşkil qildi. Şuningdek, Farğona viloyatida 387ta, Toşkent viloyatida 249ta, Qaşqadaryo viloyatida esa 204ta asossiz çaqiriq tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tuşdi.
Soliştiriş uçun, 2020 yilning ayni şu davrida tez tibbiy yordam xizmatiga 3 milliondan ziyod çaqiriq kelib tuşgani inobatga olinsa, 2021 yilda murojaatlar soni kamayganini köriş mumkin. Buni 2020 yildagi pandemiya şaroiti bilan boğlaş örinli.
“Bugungi kunda “103” xizmati malakali xodimlar, zamonaviy hamda barça zarur tibbiy jihozlarga ega ixtisoslaşgan avtotransport vositalari bilan töliq ta'minlangan bölsa-da, ayrim holatlarda keçikib borişi kuzatiladi.
Bunday keçikişlarga fuqarolar tomonidan böladigan manzili aniq körsatmaslik, yetib borganda eşik oçmaslik yoki bemorning joyida bölmasligi, çaqiriqni rad etiş kabi holatlar sabab bölmoqda”, deyiladi xabarda.











