“Hisob palatasi hisobotida köplab soha va yönalişlardagi işlarning haqiqiy holati oçib berilganligini kördik. Albatta, köp işlar qilingan, muayyan natijalarga erişilgan. Biroq, ayrim jihatlar borki, ularga jiddiy yondaşiş zarur.
Ötgan yilgi pandemiya davri barçamiz uçun sinov bölganini köp bora ta'kidladik. Afsuski, ana şunday oğir vaziyatda ayrim sohalarda tor manfaatlarni ustun qöyiş holatlari ham kuzatildi. Birgina kasallikka qarşi kuraşiş tadbirlari hamda tibbiyot va karantin muassasalarini qurişda 367 mlrd sömdan ziyod moliyaviy xato va kamçiliklarga yöl qöyilgan. Qimmat narxlarda şartnomalar tuzilgan. Ayrim hollarda mablağlar umuman boşqa yönalişlarga sarflangan”, deydi Senat raisi.
Ma'lum qilinişiça, aholi bandligini ta'minlaş masalasida mahalliy budjetlarning prognozdan orttirib bajarilgan qismi salmoqli miqdori (40 foiz) aholini iş bilan ta'minlaş maqsadlariga yönaltirilişi belgilangan bölsa-da, ayrim hududlarda uşbu vazifaga mas'uliyatsizlik bilan qaralgan.
“Buni qanday tuşuniş kerak? Andijonda umuman mablağ ajratilmagan. Toşkent viloyatida 3 mlrd sömdan ziyod mablağ işlatilmasdan bankda saqlab kelingan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi faoliyati ham talabga javob bermaydi. Jamğarma faqatgina davlat budjetiga qarab qolgan. Boşqa muqobil manbalarni (xalqaro grantlar, homiylar, donorlar va h.k.) jalb etiş böyiça harakatlar yöq.
Çet elda yurgan 1,5 ming nafardan ziyod fuqaroga jamoat işlarida qatnaşdi deb 1,4 mlrd söm yozilgan yoki vodiy tumanlarida (Toşloq, Kosonsoy) paxta terimida qatnaşmaganlarga millionlab mablağ iş haqi sifatida tölab yuborilganini mutasaddilar nima bilan izohlaşadi?” dedi Tanzila Norboyev.
Uning sözlariga köra, Toşkent, Qaşqadaryo viloyatlarida işga joylaşganlar sonini oşirib körsatiş yoki avvaldan işlab kelganlarni yangi işga joylaşgan deya qayd etiş holatlari kuzatilgan.
“Bu öz-özini aldaşdan boşqa narsa emas”, deydi Senat raisi.
Bundan oldin, Tanzila Norboyeva Xalq ta'limi vazirligi va Maktabgaça ta'lim vazirliklari tizimida hududlarda kuzatilgan moliyaviy xato va mablağlarni noqonuniy özlaştiriş holatlari haqida gapirgandi.












