Fransiyaning Eperne şahridagi emlaş markazida xatolik tufayli 140 kişiga Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarşi vaksinasi örniga fiziologik eritma (fizrastvor) kiritildi.  

Le Point naşrining xabar berişiça, voqea 20 aprelda yuz bergan. Uşbu xatolik haqida emlaş markazining özi xabar qilgan. Markaz xodimlari barça 140 kişi bilan boğlanib, eritma xavfli emasligini aytib, ularni tinçlantirgan. 

Şundan keyin fizrastvor bilan «emlanganlar»ning bir qismi haqiqiy vaksina qabul qilgan, qolgan qismi esa 28 aprelda emlanadi.  

«Bunday holatlarning oldini oliş uçun markazga qöşimça tibbiy xodim jönatildi», deb ma'lum qilingan xabarda.  

Fransiya soğliqni saqlaş idoralari xatolikka nima sabab bölganiga aniqlik kiritmagan.