Toşkent viloyatida Lacetti yuk poyezdiga töqnaşib, ağdarilib ketdi. Bu haqda «Toşkent mintaqaviy temir yöl uzeli» matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 25 aprel kuni soat 05:55 da Dalaguzar–Nazarbek peregoni, 3367-kilometr 7-piketdagi pereyezdda sodir bölgan. Lacetti 2015-sonli yuk poyezdi bilan töqnaşgan.
Qayd etilişiça, bu qöriqlanmaydigan pereyezd bölib, kesişmada yöl harakatini tartibga soluvçi belgilar va svetofor örnatilgan.

Svetoforning qizil çiroği yonib turişiga, töxtaş signali işlaşiga, hatto töxtaş belgisiga ham e'tibor bermasdan Lacetti avtomobili haydovçisi yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzganligi oqibatida mazkur holat yuz bergan.
Töqnaşuv paytida tan jarohati olgan avtomobil haydovçisi va bir nafar yölovçi zudlik bilan şifoxonaga olib ketilgan.










