AQŞ va NATOning bir qator davlatlari Afğonistondagi bir neçta bazadan öz qöşinlarini olib çiqişni boşladi. Bu haqda Kobuldagi anjumanda AQŞ va NATOning Afğonistondagi qöşinlari qömondoni general Skott Miller ma'lum qildi.
«Biz bir qator bazalardan qöşinlarni olib çiqişni boşladik», deb ma'lum qilgan Miller.
Uning aytişiça, qöşinlardan böşaydigan bazalar keyinçalik Afğoniston hukumat kuçlariga topşiriladi.
Şu bilan birga, Miller «Tolibon» tomonidan zöravonlik holatlari köpayayotganidan taşviş bildirgan va 1 maydan keyin ham bu holat davom etsa, «unda bu toliblarning xatosi» bölişini ta'kidlab ötgan.
Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden Vaşington 1 maydan boşlab Afğonistondan qöşinlarini olib çiqişini, uşbu jarayonni 11 sentyabrgaça yakunlaş rejalaştirilayotganini e'lon qilgandi.
AQŞning avvalgi ma'muriyati Afğoniston hukumati bilan amerikalik harbiylarni 2021 yil 1 maygaça olib çiqiş böyiça kelişib olgandi.













