«Vision 2030» bu – Saudiya Arabistonining yirik iqtisodiy islohotlar dasturi hisoblanadi. U mamlakatni an'anaviy iqtisodiy tizimdan rivojlangan, barqaror, kuçli va xalqaro miqyosda raqobatbardoş iqtisodiy tizimga ega davlatga aylantiriş uçun joriy qilingan dasturdir.
Ötgan bir neça ön yillar mobaynida Saudiya Arabistonining milliy, madaniy va iqtisodiy kuç asosi faqatgina neft eksporti va energetika sohasi bölib keldi. Uglevodorod eksporti umumiy eksportning 85 foizigaça bölgan qismini hamda davlat daromadlarining katta qismini taşkil qilar edi. Hozirgi vaqtda neft YaIMning atigi 30-40 foizini taşkil qilsa-da, davlat iqtisodiy tarmoqlarining katta qismi neftga boğliq, mamlakat hayotida neftning ta'siri hamon yuqoridir.
2019 yil ma'lumotlariga köra, mamlakat aholisi 33,4 million bölib, aholining örtaça yoşi 25ga teng va bu jihatdan Saudiya «bugungi kun» haqida emas, köproq kelajak haqida öylaşga majbur. Şu bois, podşohlik oilasi kelajakda barqaror iqtisodiyotni şakllantiriş, uzoq muddatli daromad manbalarini yaratiş, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tatbiq qiliş, iqtisodiy paradigmalarni özgartiriş, mahalliy işlab çiqarişni kuçaytiriş yölidagi zarur çora-tadbirlarni boşlagan. 2016 yili şahzoda Muhammad ibn Salmon Abdulaziz Ol Saud jahon iqtisodiyotida yangi tarmoqlar rivojlanib, taraqqiyotning an'anaviy usullari öz kuçini yöqotib borayotganini hisobga olib, Saudiya Arabistoni uçun yangi taraqqiyot yönalişini belgiladi.
«Vision 2030» (Nigoh 2030) nomi bilan ma'lum bölgan mazkur dasturda 2030 yilgaça Saudiya Arabistonini misli körilmagan darajada rivojlantiriş, uni Yaqin Şarqning mustahkam va mutlaq birinçi moliyaviy markaziga aylantiriş, arab-musulmon dunyosida yetakçilik maqomini mustahkamlaş va şu orqali jahonda yetakçi iqtisodiy kuç markazlaridan biri maqomiga erişiş böyiça aniq vazifalar belgilangan. «Vision 2030»ning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Saudiya Arabistonini jahonning rivojlangan 19-davlatidan iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan 15-mamlakati darajasiga olib çiqiş;
- Mamlakatda xususiy sektor uluşini YaIMning 40 foizidan 65 foizigaça östiriş;
- Neftga boğliq bölmagan eksport uluşini 16 foizdan 50 foizgaça kötariş;
- Davlatning neftga boğliq bölmagan daromadlarini 163 milliard Saudiya rialidan 1 trillion Saudiya rialigaça oşiriş;
- Makka va Madinaga keluvçi ziyoratçilar sonining yillik 8 millionlik körsatkiçini 30 milliongaça oşiriş;
- 2030 yilga borib, harbiy texnik xarajatlarning 50 foizidan ortiğini mahalliylaştiriş;
- Neft va gaz sohasidagi milliylaştirişni 40 foizdan 75 foizgaça kötariş;
- Davlat investitsiya jamğarmasi aktivlarini 600 milliarddan 7 trillion Saudiya rialigaça oşiriş.
Saudiya podşohlik oilasi, xususan, valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon öz mamlakati 2030 yilga borib, jahondagi yetakçi kuç markazlaridan biriga aylanişida uç asosiy ustuvorlik mavjud deb hisoblaydi, ular: arab-musulmon dunyosining markazi sifatidagi yetakçilik maqomi, investitsion salohiyati hamda strategik qulay örnidan foydalanib, xalqaro savdoning boşqaruvçilaridan biri böliş va şu orqali özini Afrika, Osiyo hamda Yevropani birlaştiruvçi kuç sifatida namoyon qiliş.
Mazkur dasturda içki iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar bilan birga mintaqaviy hamda xalqaro miqyosdagi taşqi siyosatga ham alohida urğu berilgan. Sönggi yillarda mamlakat taşqi siyosat borasida faollik körsatib, özining an'anaviy hamkor davlatlari geografiyasini kengaytirişga harakat qilmoqda. Şunga köra, Saudiya Arabistoni musulmon dunyosidagi yetakçilik maqomini mustahkamlaş, rivojlanayotgan musulmon davlatlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şu bilan birga, istiqbolli bozorlarni izlab topiş maqsadida Markaziy Osiyo mintaqasiga e'tibor qaratmoqda. U mintaqadagi istiqbolli mamlakatlar sifatida Özbekiston va Qozoğistonni e'tirof etadi. Sönggi uç yilda Saudiya mintaqaga yönaltirgan sarmoyalarining eng katta qismini Özbekiston iqtisodiyotidagi turli tarmoqlar, xususan, energetika sohasiga yönaltirdi. Şunga köra, aytiş mumkinki, yangilanayotgan Saudiya Arabistonining iqtisodiy kelajagi uçun poydevor vazifasini ötayotgan «Vision 2030» yangilanayotgan Özbekistonning ham iqtisodiy jihatdan rivojlanişiga ta'sir körsatişi mumkin. Quyida buni bir neça raqamlar tahlili bilan körsatib berişga harakat qilamiz.
Saudiya Arabistoni va Özbekiston munosabatlaridagi iliqlik yangi hodisami?
Arab-özbek munosabatlaridagi hozirgi iliqlik yangi hodisa emas. Zero, Saudiya Arabistoni va Özbekiston örtasidagi munosabatlar ötgan asrning 90-yillarida ham mavjud edi. Hozirgi holat köproq 90-yillarda arab olami bilan közda tutilgan özaro manfaatli va pragmatik munosabatlarni yangi şaroitlarda qurişni davom ettiriş va jarayonning tezlaşişidir. 2017 yilgaça bölgan bosqiçda tomonlar bir-birining imkoniyatlari va salohiyatini çuqur örgangan. Eng avvalo, siyosiy rejimlardagi tafovutlar va Arabiston hududlaridan radikal ğoyalar kirib kelişi bilan boğliq tahdid uşbu munosabatlar tölaqonli rivojlanişiga tösiq böldi.
2016 yildan Özbekistonda boşlangan oçiq va konstruktiv taşqi siyosat şaroitida arab davlatlariga nisbatan qaraşlar özgardi. Özbekistonning arab davlatlaridagi taşqi siyosati mintaqa atrofida barqarorlik hamda xavfsizlik belboğini barpo etiş masalalarini öz içiga olgan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida közda tutilgan asosiy vazifalardan kelib çiqadi. Arab davlatlaridagi yetakçi naşrlardan biri – «Riyadhpost» naşri «sönggi yillarda Fors körfazi Arab davlatlari Markaziy Osiyo mintaqasiga öz e'tiborini qaratmoqda» deb yozadi. Naşr xulosasiga köra, körfazdagi arab davlatlarining bu hamkorligi iqtisodiy manfaatlarni közlagan bölib, mintaqa davlatlari iqtisodiyoti rivojlanişiga kömaklaşiş hamda istiqbolli yönalişlarda hamkorlik qilişdan iboratdir.
Yevropaning Markaziy Osiyoga oid tadqiqotlarni e'lon qilib boruvçi «Novastan» naşri ham Fors körfazidagi arab davlatlarining mintaqadagi faollaşuvini yangi bir hodisa sifatida baholamaydi. Unda yozilişiça, «ular (Saudiya Arabistoni va BAA) bu faollik orqali özlarini yangi mintaqaviy kuç sifatida namoyon etişlarini yana bir bor tasdiqlamoqda. «Garçi, asosiy motivlardan biri iqtisodiy manfaatdorlik bölsa-da, baribir geosiyosiy masala muhim ahamiyatga ega», – deb yozadi naşr.
Ta'kidlaganimizdek, 2017 yilda xalqaro va içki vaziyat özgarişi şaroitida mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan arab davlatlariga, xususan, Fors körfazidagi arab davlatlariga nisbatan munosabat ham özgardi. Buni Saudiya Arabistoni va BAA kabi davlatlarning respublika iqtisodiyotiga sarmoyalar kiritiş borasidagi faolligida köriş mumkin. Saudiya Arabistonining Özbekiston iqtisodiyotidagi turli tarmoqlarga sarmoyalar kiritişi 2018-2021 yillarda jadal tus oldi va u özaro munosabatlarning butun tarixi davomidagi körsatkiçlardan ham oşib ketdi. Şuningdek, «Vision 2030» dasturi doirasida Saudiya Arabistoni Özbekistonga yangiça nigoh bilan qarayotgani hamkorlik aloqalariga faollik tusini bermoqda. Hamkorlikni rivojlantiriş yölida öndan ortiq istiqbolli rejalar tayyorlanayotgani hisobga olinsa, Saudiya – Özbekiston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqiçga çiqdi, deb aytiş mumkin.
Saudiya Arabistoni Özbekiston energetika bozorida faollaşmoqda
2021 yilning 25 yanvar kuni Özbekistonga taşrifi asnosida Saudiya Arabistoni Podşohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih energetika sohasidagi şartnomalarni nazarda tutib, «bu şartnomalar ikki tomonlama sarmoyaviy hamkorlikning yangi bosqiçini boşlab beradi», deb ta'kidlagan edi. Darhaqiqat, sönggi yillarda Saudiya Arabistonining asosiy sarmoyalari mamlakat energetika tarmoqlariga yönaltirilmoqda. Eng köp sarmoyalar birinçi örinda energetika sohasiga, undan söng esa qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, fan va ta'lim sohalariga yönaltirilganini körişimiz mumkin.
2020 yildan e'tiboran, Saudiya Arabistonidagi yetakçi kompaniyalardan biri «ACWA Power» Özbekiston energetika bozoriga eng köp sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlardan biri bölib turibdi. Yaqin Şarq mintaqasida yirik kompaniya hisoblanadigan «ACWA Power» elektr stansiyalarini, şuningdek, suvni çuçuklaştirişga möljallangan sanoat inşootlarini quriş, loyihalaş, moliyalaştiriş va ulardan foydalanişga ixtisoslaşgan. Kompaniya xalqaro maydondagi faoliyatini Yaqin Şarq, Afrika, Markaziy va Janubi-Şarqiy Osiyodagi 12 mamlakatda amalga oşiradi. Sönggi yillarda u Markaziy Osiyo, xususan, Özbekistonda katta loyihalarni amalga oşirişga kirişgan.
2019 yilning 20 sentyabrida Toşkent şahrida bölib ötgan Energetika Investitsion forumi doirasida Energetika vazirligi va «ACWA Power» kompaniyasi örtasida quvvati 500 MVtdan 1000 MVtgaça bölgan şamol elektr stansiyasini quriş böyiça kelişuvga erişildi. 2020 yilning 5 martida esa «ACWA Power» kompaniyasi rahbariyati bilan Sirdaryo viloyatida qiymati 1,2 mlrd dollarga teng issiqlik elektr stansiyasini quriş töğrisidagi kelişuv imzolandi. Bunday kelişuvlar «ACWA Power» kompaniyasining keng kölamli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hisobiga Özbekiston sarmoyaviy bozorida iştirokni kengaytiriş niyatida ekanini bildirmoqda. Sirdaryo IES qurilişiga start berilgaç, Navoiy va Buxoro viloyatlarida mos ravişda umumiy quvvati 1000 MVtlik «Baş» va «Jonkeldi» şamol elektr stansiyalari qurilişi böyiça imzolangan investitsiya şartnomalari buning tasdiğidir. 2024 yilda işga tuşirilişi möljallangan mazkur elektr stansiyalari yiliga 3,6 mlrd kVs miqdorida arzon elektr energiyasi işlab çiqarişni ta'minlaydi. Loyihalarning umumiy qiymati 1,3 mlrd dollarni taşkil etadi.
«ACWA Power» prezidenti Paddy Padmanathan «Strategik darajada uşbu loyiha Saudiya Arabistonining butun jahon böylab hukumatlar bilan arzon energiya va suv ta'minotiga bölgan talabi ortib borişini ta'minlaşga sodiqligining yana bir misolidir. Saudiya Özbekistonning muqobil elektr energiyasidan foydalanişga ötiş harakatlarini qöllab-quvvatlaşdan ğururlanadi», deya ta'kidlaydi. Kompaniya boşqaruvi raisi Muhammad Abunayyan esa «Sirdaryo IES qurilişiga start berilişi, ESK va Özbekistonning past darajali uglevodorod çiqindili resurslardan foydalanişga ötişida muhim omil sanaladigan Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi «Baş» hamda «Jonkeldi» şamol elektr stansiyalari böyiça Investitsiya kelişuvlari imzolanişi bizning energetika tarmoğini isloh qiliş va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirilişini rağbatlantiriş jarayonidan ilgarilab ketişga bölgan intilişimizni ifodalaydi. Bu, şuningdek, iqtisodiyotni diversifikatsiyalaş, Saudiya Arabistoni podşohligi taşqarisida xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oşiriş hisobiga bizning «Vision–2030» loyihasiga rioya qilayotganimizni tasdiqlaydi», dedi.
2021 yilning 25 yanvarida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih Özbekiston respublikasiga taşrifi jarayonida prezident Şavkat Mirziyoyev bilan özaro hamkorlik aloqalarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qildi. Muzokaralarda muqobil energiya manbalari asosida işlovçi elektr stansiyalarini quriş böyiça yangi loyihalarni işlab çiqiş, qolaversa, Özbekiston milliy elektr energiyasi tizimini davlat-xususiy sektor hamkorligi asosida modernizatsiya qiliş orqali energetika sohasidagi Özbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalarini yanada kengaytirişga kelişib olindi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va «Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group» kompaniyasi örtasida hamda Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi bilan «DirectFN Ltd.» kompaniyasi örtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
2021 yilning 23 yanvarida Buxoro şahrida bölib ötgan Özbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumi va Özbekiston-Saudiya Arabistoni işbilarmonlar kengaşining birinçi yiğilişida ham hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş böyiça önlab kelişuvlarga erişildi. Jumladan, Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari Kengaşi va Özbekiston Savdo-sanoat palatasi örtasida Qöşma tadbirkorlik kengaşini taşkil etiş böyiça hamkorlik qiliş töğrisidagi bitim, «Uzbekistan airways» AJ va «Flynas» kompaniyasi örtasida turizmni rivojlantiriş töğrisidagi özaro anglaşuv memorandumi hamda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va podşoh Faysal nomidagi Islom tadqiqotlari markazi örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Bu loyihalar Özbekiston hukumatining 2030 yilga borib, şamol elektr stansiyalari işlab çiqargan elektr energiyasi miqdorini 3 GVt.ga yetkazişga qaratilgan mamlakat energiya balansini diversifikatsiyalaş dasturiga kiradi. Loyihalarning amalga oşirilişi uglerod çiqindilarini ham yiliga 1,6 mln tonnaga kamaytirişi va şu bilan Özbekiston hukumati tomonidan 2031 yilgaça energiya quvvatlarining 40 foizini qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ötkaziş böyiça maqsadlarga erişişga kömaklaşişi kutilmoqda.
Kuzatuvlarimiz şuni körsatmoqdaki, Saudiya Arabistoni haqiqatan ham, sönggi yillarda Özbekiston işbilarmonlik muhitidagi iştirokini kengaytirişga urinmoqda. Ammo bu köp holatlarda ayrim sohalarnigina qamrab olyapti. Ya'ni yuqorida tahlil qilinganidek, hamkorlik energetika sohasi bilangina çeklanib qolyapti.
Istiqbolli yönalişlar
Saudiya Arabistonining ulkan sarmoyaviy salohiyati «Vision 2030» dasturida nazarda tutilgan yangi va istiqbolli sarmoyaviy bozorlarni topişda muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, hamkorlik geografiyasini kengaytiriş hamda rivojlanayotgan musulmon davlatlarni qöllab-quvvatlaş tamoyillariga sodiqlikni hisobga olgan holda Saudiya bilan nafaqat energetika sohasidagi hamkorlikni kuçaytirişga, balki uning ulkan salohiyatidan boşqa bir qator tarmoqlarni rivojlantirişda ham foydalaniş samarali natijalarga olib keladi.
Xususan, soğliqni saqlaş, metallurgiya, quriliş materiallari işlab çiqariş, axborot-kommunikatsiya sohasi, transport va logistika, fond bozorini rivojlantiriş, turizm kabi qator yönalişlarda qöşma loyihalarni birgalikda işlab çiqiş respublikada mazkur sohalar rivojiga ijobiy ta'sir körsatadi. Saudiya Arabistoni Özbekistonda qişloq aholisi va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni işlab çiqariş jarayoniga jalb etiş hamda xorijga qişloq xöjaligi mahsulotlarini keyinçalik yetkazib berişni taşkil etiş asosida Özbekiston qişloq xöjaligi, parrandaçilik va çorvaçilik sohasida Özbekiston-Saudiya Arabistoni qöşma korxonalarini taşkil etişga katta qiziqişi mavjud va u bu borada aniq dasturlar işlab çiqilişini kutmoqda.
Şavkat Ikromov – Yaqin Şarq davlatlari böyiça tadqiqotçi, Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining öqituvçisi
Manba: «Vision 2030»: Saudiya Arabistonining Özbekistonga yangiça nazari











