«Maqsad — soğliqni saqlaş tizimi faoliyatini taşkil etişning yangi modeli, şuningdek, «elektron poliklinika» axborot tizimi va ma'lumot bazalari hamda davlat tibbiy suğurtasini joriy etiş böyiça tajriba sinov loyihasining borişi töğrisida ommaga ma'lumot beriş», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Ğofur Mirzayev, Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Abdulla Azizov, Moliya vaziri örinbosari Jamşid Abruyev, JSSTning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens, Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi direktori Farrux Şaripov iştirok etdi.


Ma'lumot uçun, 2021 yilning 1 iyulidan 2022 yilning oxiriga qadar Sirdaryo viloyat soğliqni saqlaş tizimida tajriba-sinov loyihasi doirasida aprobatsiyadan ötkaziladigan yangi tizim, ya'ni davlat tibbiy suğurtasi joriy etilişi közda tutilgan.
«Sirdaryoda joriy etilayotgan yangi tizim birinçidan, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va kölamini yanada oşişiga yordam bersa, ikkinçidan, aholi salomatligini mustahkamlab, örtaça umr köriş darajasini oşirişga sabab böladi.
Davlat tibbiy suğurtasi tizimi 2021 yildan bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Birinçi bosqiç Davlat dasturida belgilangandek, tajriba tariqasida Sirdaryo viloyat tibbiyot muassasalarida, ikkinçi bosqiç 2023 yilda Qoraqalpoğistonda, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Farğona viloyatlari va Toşkent şahrida, uçinçi bosqiç 2025 yildan butun mamlakat böylab joriy etiladi.
Tadbir davomida mutaxassislar jurnalistlarga Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasining taşkil etilişi va 2020 yilning 1 dekabridan 2021 yilning 27 apreligaça bölgan davrda amalga oşirilgan işlar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Bugungi kunda tajriba-sinov loyihasini amalga oşirişga tayyorgarlik doirasida jamğarma viloyat tibbiyot muassasalarida soğliqni saqlaşning yangi modelini joriy etiş böyiça tayyorgarlik işlarini boşlab yubordi.
Jumladan, loyihaga Guliston şahrida 5ta, Yangiyer şahrida 2ta, Boyovut tumanida 14ta birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari jalb qilingan.
Xalqaro ekspertlar iştirokida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar paketini işlab çiqiş, tibbiyot mutaxassislari jamoalarini şakllantiriş, şuningdek, aholi salomatligini monitoring qiliş uçun yagona elektron platformani yaratiş böyiça joylarda seminarlar ötkazildi. Maxsus tibbiy brigadalar tuzildi, şifokorlarning bemorlar bilan işlaş mexanizmi belgilandi.
Aholini röyxatga oliş natijasida «elektron poliklinika» ma'lumotlar bazasiga Guliston şahrining 102 ming nafardan ortiq, Yangiyer şahrining 42 ming nafar, Boyovut tumanining 123 ming nafardan ortiq aholisi kiritildi.
Press-turda ta'kidlaganidek, hozirda Sirdaryo viloyati tibbiyot sohasida suğurta tizimini joriy qiliş böyiça islohotlarni amalga oşirişda yetakçi örinni egallab turibdi.
Hududda 2022 yil oxirigaça amalga oşiriladigan tajriba-sinov loyihasi 5ta tarkibiy qismdan iboratdir.
Tibbiy xizmatlar körsatişni takomillaştiriş, soğliqni saqlaşni boşqariş, tizimni moliyalaştiriş, raqamlaştiriş va loyihalarni boşqariş şular jumlasidandir. Davlat tibbiy suğurtasini joriy etiş va rejalaştirilgan islohotlar aholiga davlat tomonidan kafolatlangan paket doirasida yanada sifatli tibbiy xizmatlarga ega böliş imkonini beradi», deyiladi SSV xabarida.


Tadbirda soğliqni saqlaş tizimini taşkil etişning yangi modeli joriy etilişi qöşimça moliyaviy mablağlarni jalb etmagan holda tibbiy xizmatlar sifatini oşirişga xizmat qilişi ta'kidlangan.











