Içki işlar vazirining buyruği bilan, polkovnik Sardor Tohiroviç Mirzaraimov Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

U ilgari Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti boşliği örinbosari - jinoyat qidiruv xizmati boşliği lavozimida işlagan.

21-avgust kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi departamenti rahbari Doniyor Qodirov va boşqalar iştirokida ötgan tadbirda Sardor Mirzaraimov viloyat rasmiylariga taniştirildi.

Sirdaryo viloyati IIBni 2025-yil mart oyidan beri Farrux Haydarov boşqarib kelayotgan edi. Kun.uz keça u işdan olingani haqida xabar bergandi. Uning böşatilişi qöl ostidagi xodimga oğir tan jarohati yetkazgani bilan boğliqligi aytilmoqda.


Avvalroq polkovnik Timur Ismoilov içki işlar vazirining birinçi örinbosari - Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimiga tayinlangan, şu munosabat bilan Surxondaryo viloyati IIB boşliği lavozimidan ozod etilgan edi.