Tojikiston aviatsiya rahbariyati Rossiyaning törtta aviakompaniyasidan aviaçiptalar narxlari borasida ma'lumotnoma oldi, deb ma'lum qildi fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbari Ikrom Subhonzoda.
«Talabimizga muvofiq, Rossiyaning törtta aviakompaniyasi bizga javob qaytardi hamda Tojikistondan Rossiyaga amalga oşirilayotgan charter reyslari uçun minimal va maksimal narxlarni taklif qildi. Minimal narx 3 ming somoniydan (263 dollar) boşlanadi va aviareyslar yönalişidan kelib çiqib 8500 somoniygaça (745 dollar) boradi», - dedi Subhonzoda.
Uning sözlariga köra, aviaçiptalarning örtaça narxi 6-6,5 ming somoniyni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, 22 aprel kuni Tojikiston aviatsiya rahbariyati Rossiya aviakompaniyalaridan ikki kun içida çipta narxlarini pasaytirişni talab qilgan, aks holda fuqaro aviatsiyasi agentligi tegişli çoralarni körişini bildirgandi.
Öşanda Ikrom Subhonzoda bahor-yoz mavsumida Rossiyaga parvoz qilişni istagan tojikistonliklar soni köpaygani, Rossiya aviakompaniyalari esa «aviaçiptalar narxini oşirib», bundan foydalanayotganini aytgandi.
Hozirda Rossiya va Tojikiston örtasida haftada ikki marta muntazam aviaqatnov amalga oşirilmoqda, ammo ular uçun barça çiptalar yozgaça sotib bölingan.
Şu bilan birga, Rossiya aviakompaniyalari tomonidan bir haftada 20dan ortiq charter qatnovlari yölga qöyilgan.
Fuqaro aviatsiyasi agentligi muntazam aviaqatnovlar uçun Duşanbedan Moskvaga boriş-qaytiş aviaçiptasi narxini 500 dollar etib belgilagan.












