Markaziy bankning 2020 yil yakunlari böyiça hisoboti e'lon qilindi.
Ta'kidlanişiça, 2020 yilda koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini olişga qaratilgan kuçaytirilgan tartibdagi karantin çeklovlarining joriy etilişi, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi korxonalar faoliyatining vaqtinçalik töxtatilişi işsizlik darajasining sezilarli darajada oşişiga olib kelgan.
Xususan, 2020 yil yakunida jami band aholi soni 13,2 million kişini taşkil etib, işsizlik darajasi 2019 yil yakunidagi 9,1 foizdan 10,5 foizgaça oşgan. Bunda işsizlik darajasi oşişining eng yuqori körsatkiçi 2020 yilining II çoragida kuzatilib, mazkur davrda işsizlar soni 672 mingtaga oşib, işsizlik darajasi 13,2 foizga yetgan.
Tarmoqlar kesimida qaralganda, savdo (5 foiz), quriliş (4,3 foiz), taşiş va saqlaş (3,5 foiz), sanoat (1,2 foiz) sohalarida bandlikning qisqarişi kuzatilgan bölsa, soğliqni saqlaş (5,7 foiz), ta'lim (2,4 foiz) hamda qişloq xöjaligi (0,5 foiz) sohalarida bandlik darajasi oşgan.
Şuningdek, işsizlik darajasining oşişi natijasida ortiqça işçi kuçi taklifining vujudga kelişi şaroitida mehnat bozorida örtaça nominal iş haqi ösişi 2019 yildagi 27,5 foizdan 14,7 foizgaça sekinlaşgan.
Hisobot yilida pandemiya şaroitida korxonalarning töliq quvvatlarda işlamaganligi, mehnat resurslari harakatlarining çeklanganligi natijasida mehnat unumdorligi pasayiş tendensiyasiga ega bölgan.
Xususan, mehnat unumdorligi ösişi 2020 yilning I çoragida 2019 yilning I çoragiga nisbatan sekinlaşgan bölsa, II hamda III çoraklarda mos ravişda 1,1 va 1,9 foizga pasaygan. 2020 yilning III çoragidan karantin çeklovlarining yumşatilişi, iqtisodiy faollikning tiklanişi şaroitida mehnat unumdorligi körsatkiçining ham ijobiy özgarişi kuzatilib, IV çoragida uning ösişi 1,8 foizni taşkil qilgan.
Avvalroq, Senat yalpi majlisida Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev hozirda mamlakatda 1,6 million işsiz borligi, şundan 805 mingdan ortiği 16-30 yoşdagi işsizlar ekanligini ta'kidlab ötgandi.










