Unda «Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidining imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid har kuni oqşom xatmonada öqiladigan sura va oyatlarning ma'no va mazmuni, nozil bölişi kabi mavzularda söz yuritişi barobarida ayni kundagi dolzarb masalalarga ham Qur'on oyatlari bilan tuşuntiriş berib bormoqda. Bu bilan xalqimiz Qur'oni karim bilan yanada kengroq tanişiş imkoniyatiga ega bölmoqda.

Şuningdek, uşbu suhbatlar va tarovih namozlari mediabox.uz saytida, IPTV platformasi 77-kanalida va islom.uz portalining ijtimoiy tarmoqlarida töğridan töğri jonli efirda yoritilib kelmoqda.

“Ilk suhbat Qur'on bilan tanişiş mavzusida bölib, uning nozil bölişi hamda asl mohiyati haqida söz yuritildi. Suhbat davomida Qur'onning «Fotiha» va «Baqara» surasidan tortib, bugunga qadar 28 suraning mazmuni, undagi keltirilgan oyatlar, voqealar, ahkomlar, şariat qoidalari bilan tanişib jamoat, jonli kuzatuvçilar ham bir olam bilimga ega bölmoqda.

Siz ham mazkur suhbatda iştirok eting, Qur'onga oşno bölib, uning asl muxlisiga aylaning. Ikki dunyo saodatiga yetaklovçi suhbatdan bebahra qolmang”, – deyiladi taşkilotçilar Kun.uz’ga taqdim qilgan ma'lumotda.