2026-yil 20-oktabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi taşkil etilganiga 83 yil töldi. Şu munosabat bilan Kun.uz Musulmonlar idorasi matbuot xizmati hamkorligida uşbu muassasa faoliyati haqida maʼlumotlarni jamladi.

Musulmonlar idorasining maʼlum qilişiça, 1943-yilning ayni şu kuni Toşkentda bölib ötgan ulamolar va din arboblari qurultoyida mazkur tuzilmaga asos solingan.

Idora Ikkinçi jahon uruşi yillarida, Sovet hukumati dinga nisbatan çeklovlarni yumşata boşlagan bir paytda tuzilgan. 1943-yil yozida toşkentlik olim Eşon Boboxon ibn Abdulmajidxon boşçiligidagi ulamolar Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlarini yagona diniy boşqarmaga birlaştiriş taşabbusi bilan çiqqan. Ular SSSR Oliy Kengaşi Prezidiumi raisi Mixail Kalininga murojaat qilgan, öşa yili iyulda esa idora oçişga rasmiy ruxsat olingan.

Eşon Boboxon muftiylikka saylangan kurultoy / Foto: Allomalar.uz

Ilk qurultoy 1943-yil 15–20-oktabr kunlari Eşon Boboxonning Qorasaroy köçasidagi hovlisida bölib ötgan. Unda beş respublikadan kelgan 160 dan ziyod vakil Eşon Boboxonni bir ovozdan Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasi raisi, beş respublika muftiysi etib saylagan.

Eşon Boboxon - diniy idoraning ilk muftiysi / Foto: Allomalar.uz

Idora tarixi davomida bir neça marta nomini özgartirgan. Sovet davrida muftiyat «diniy boşqarma» deb atalgan. 1990-yillar boşida mintaqadagi har bir respublika öz diniy boşqarmasini tuzgan.

Markazdagi diniy idora tarixi xaqida stend / Foto: Muslim.uz

1992–1995-yillarda Özbekistondagi idora Movarounnahr musulmonlari idorasi deb atalgan, 1996-yildan esa Özbekiston musulmonlari idorasi nomini olgan.

Hovlidan mahobatli markazgaça