Bugun, 28 aprel kuni «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» AJning kelgusi rejalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda styuardessalarning özbek tilida yaxşi gapira olmasligi tanqid qilindi.

Jurnalistlarning özbek milliy aviakompaniyasida faoliyat olib borayotgan styuardessalarga özbek tilida ravon gapira oliş talabi qöyilişi borasidagi savoliga transport vaziri hamda «Uzbekistan Airways» AJ boşqaruv raisi Ilhom Mahkamov javob berdi.

«Albatta, bu örinli savol. Albatta, bu narsa qöyilgan. Mavjud bölgan bort kuzatuvçilarimizning hammasi özbek tilini bilmagani sabab ularni almaştirib yubormaslik uçun biz ularga adabiy tilda çiroyli nutq sözlaş imkoniyatiga ega böladigan kurslarni taşkil qilganmiz. Albatta, styuardessalarga qöyiladigan talablardan bittasi şu böladi», — dedi u.