Bloomberg axborot agentligi ötkazgan hisob-kitoblarga köra, 100 nafar eng badavlat amerikalikning umumiy boyligi 30 aprelda 2,9 trln dollarga yetdi. Bu körsatkiç Bayden inauguratsiyasi ötgan 20 yanvardan beri 195 mlrd dollarga oşgan. Şu bilan birga AQŞning eng kam daromadga ega 50 foiz aholisining umumiy boyligi uşbu körsatkiçdan kamroqni - 2,5 trln dollarni taşkil qilmoqda.

AQŞning asosiy birja indekslari fevral oyidan beri deyarli uzluksiz ravişda ösib bormoqda va rekord körsatkiçlarni qayd qilmoqda. Jumladan, Dow Jones va S&P 500 indekslari bu vaqt içida 10 foizdan köproqqa ösgan.

Bayden tomonidan iqtisodiyotni jonlantirişga qaratilgan çoralarning qabul qilinişi va katta kölamli emlaş iqtisodiyotning tez tiklanişiga va buning natijasida birjada narxlar oşişi hamda eng badavlat amerikaliklar boyligining köpayişiga olib keldi. Biroq ta'kidlaş joiz, AQŞda bunday ijobiy natijalar avvalgi prezident Donald Tramp prezidentlik muddatining oxirgi haftalarida ham kuzatilgan. 100 nafar eng badavlat amerikalikning boyligi AQŞ prezidenti saylovlari ötgan 2020 yil 4 noyabrdan to Bayden inauguratsiyasigaça bölgan vaqt içida 267 mlrd dollarga köpaygan. 

AQŞ iqtisodiyoti pandemiyadan keyin kutilgandan tezroq tiklanmoqda. Prognozlarga köra, AQŞ yalpi içki mahsuloti joriy yilda 6,4 foizga ösadi.