Televizor qarşisida «Mançester Yunayted» – «Liverpul» bahsini kutib ötirgan muxlislar şiddatli derbi örniga muxlislarning şiddati undan ham kam bölmagan norozilik namoyişlari, tartibsizliklari haqida xabarlar öqib ötirişga majbur bölişdi. Klub tomonidan rasmiy ma'lumot ham yöq, zero, APL va klublar ijtimoiy tarmoqlardagi rasizm bilan kuraşiş bilan ovora, ya'ni vaqtinçalik boykot e'lon qilgan. Tarkiblar e'lon qilinib, öyin ikki soatga qoldirilişi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan, öyin rasman noma'lum muddatga qoldirilgani ma'lum qilindi.
Hali noma'lum muddatni belgilaş ham bir muammo, çunki may oyida har uç kunda «Yunayted» yoki «Liverpul»ning öyinlari bor. Örtada oçiq darçani topiş ham mumkin emas. «MYu» Yevropa Ligasi finaliga yaqin turganini e'tiborga olsak, faqat 30 may kuni böş – çempionat tugaganidan söng, turnir jadvaliga ta'sir qilişi mumkin bölgan öyinni ötkaziş reglamentga ham zid.
Katta ehtimol bilan öyin 15-16 may kunlarining biriga belgilanişi mumkin. Şu kuni «Liverpul»ning «Vest Bromviç» bilan öyini bor. Bu uçraşuvni «MYu» «Lester» bilan öynaydigan, «Liverpul» dam olişi kerak bölgan 12 mayga köçiriş mumkin. Ana şunda 15-16 may har ikki klub uçun ham oçiq kunga aylanadi.
Hozirda The Athletic naşrida işlayotgan Endi Mitten ilk davrlardan buyon «Yunayted» muxlislari tölqini bilan birga «suzgan» va u Gleyzerlarga nisbatan bu qadar noroziliklar qayerdan kelib qolgani haqida qisqaça tuşuntiriş berdi: «Bölib ötgan voqea yillar davomida pişib kelgan edi. Misol uçun, 2019 yilning yozida «Mançester Yunayted» muxlislari yetarliça transferlar amalga oşirilmayotganidan norozi bölib, şu kabi tadbir amalga oşirişga urinişgan, ammo belgilangan vaqtda heç kim kelmagandi. 2020 yilning fevralida esa «Vulverhempton»ga qarşi uy uçraşuvida muxlislar uçraşuv tugamasdan namoyişkorona tribunani tark etişdi – bu ham e'tiborsiz qoldi. Keça hammasi boşqaça böldi. «Old Trafford»da şu qadar köp fanat yiğildiki, ularni bee'tibor qoldirişning imkoni ham yöq edi».
Şu örinda, norozilik namoyişlari stadion içkarisiga kirib tartibsizlik amalga oşirilgani, politsiyaga hujum qilingani kabi noqonuniy va xunuk işlar bilan tuşunilmasligi kerak. Öşa videolar fonida, masalan, ekspertlar yoki «MYu»ning sobiq futbolçilarining muxlislar yonini olişi biroz ğalati körinadi ham. Aslida, norozilik namoyişi köçada, stadion atrofida, plakatlar bilan amalga oşirildi. «Qaçon öynaşingizni biz hal qilamiz» şiori bilan «Liverpul»ga qarşi öyinga xalaqit berildi. Stadion içkarisiga bostirib kirganlar esa, namoyişning kiçik bir guruhi, xunuk yuzi xolos.
«Aslida namoyiş qatnaşçilarining maqsadi şunçaki bezorilik qiliş emasdi, 2005 yildan beri töplanib kelgan e'tirozlar, noroziliklarning bildirilişi, nihoyat klubning amerikalik işbilarmonlardan qutulişi edi. Superliga maşmaşasi ortidan sodir bölgan voqealar, jumladan, Gleyzerlarning muxlislardan uzr sörab, muxlislar işonçini qayta qozonişga va'da bergani ham heç kimni yumşatmagandi, zero, öşa işonçning özi eng boşdan bölmagan.
2005 yildan klub boşqaruvini töliq öz qöliga olgan Gleyzerlarning muxlislar bilan doimiy muloqot qiliş va'dasi - eng balandparvoz va'dalaridan biri edi. Lekin 16 yil, to mana şu Superliga mojarolari boşlangunça, ular jim qolişdi, ularni heç kim eşitmadi. Şuning uçun ham Joel Gleyzerning uzrnomasiga munosib javob berildi – «Uzring qabul qilinmadi!»
«Yunayted» Gleyzerlar kelgunça, juda katta aşaddiy muxlislar guruhiga ega edi. Bu guruh öşanda ikkiga ajralib qolgandi. 4000ga yaqin fanatlar klubdan çekinib «Yunayted of Mançester» nomi bilan öz klublarini taşkil qilişdi. Klub muxlislarining haligaça bir-biri bilan gaplaşmasligi, ketganlarni «iuda» (xristianlikda sotqin timsoli) deb atalişi-yu, qolganlar qörqoqlikda ayblanişi bilan Gleyzerlarning umuman işi yöq edi.
2010 yilda fanatlar öziga xos «sariq-yaşil» şarflarni «anti-Gleyzer» pozitsiyasining ramzi sifatida işlatişni boşlaşdi. Lekin şunday bölsa-da, ular stadionga jamoani quvvatlagani kelişar, ya'ni Gleyzerlarga pul tölaşardi. Amerikaliklar baribir aksariyat muxlislar özligidan keçib, sevimli klubini butunlay tark etmasliklarini juda yaxşi bilib turişardi», deydi Mitten.
Boşqa investorlar, masalan, Abramoviç yoki arab şayxlari klubni sotib olgaç, uni rivojlantiriş uçun ma'lum miqdorda pul sarflaşsa, «MYu»da hammasi aksinça bölgan – katta kredit evaziga klubni sotib olgan Gleyzerlar oilasi uşbu kreditning «sopini özidan çiqardi», ya'ni aynan «MYu» daromadlari yordamida qarzni yopa boşlaşdi. Ötgan davrda klubdan 1,5 milliard funt atrofidagi mablağ aynan Gleyzerlarning qarzlarini tölaş uçun çiqib ketgan.
Barça sovrinlar uçun kuraşişga örgangan Yevropa futboli grandi Ser Aleks Fergyuson ketganidan söng, biror marta ham mamlakat çempioni böla olmadi.
Aslida muammolar Fergyuson davrida ham boşlangani sir emas. Misol uçun, Kriştianu Ronaldu «Real»ga rekord summaga sotilgan bölsa-da, uşbu mablağning 20 foizi ham uning örnini töldiriş uçun sarflanmagan. Gleyzerlar Fergyusonning murabbiylik salohiyatiga işonib qolişgan, serning oxirgi beş yilida summa nuqtayi nazaridan yirik transferga qöl urilmagan ham. Fergyuson ketganidan söng ham, bu siyosat davom etdi. Qaçonki, klub yomon natijalarni körsatib, bu holatda jamoa grandlar safidan çiqib, daromadlar pasayib ketişi xavfi paydo bölganidagina «tipirçilay» boşlaşdi. Şunda ham, layoqatli sport direktori yoki aniq rivojlaniş rejasi bölmaganidan, transfer uçun ajratilgan mablağlar ham havoga ketdi. Muxlislar Fergyusondan keyingi davrdagi beqarorliklarda ham, Vudvordning xatolarida ham, albatta, Gleyzerlarni boş aybdor deb bilişadi. Joze Mourino juda yomon natijalar bilan iste'foga çiqarilgan bölsa-da, aksariyat muxlislar portugaliyalik mutaxassisning tarafida bölişgan. Bir yil oldin APLda 2-örinni olgan klubga kuçayiş uçun faqat Fred olib berilgandi, xolos.
Mittenning aytişiça, klub stadionni yaxşilaş, rekonstruksiya qiliş uçun umuman harakat qilmadi. Zero, Gleyzerlar kelmasidan oldin, sönggi 12 yilda tört marta şunday işlar amalga oşirilgan, klub amerikaliklar qöliga ötişidan avval 75 ming örinli stadionni kengaytirilişi tasdiqlab ulgurilgan edi.
2000-yillarda «Yunayted»ning maşğulotlar bazasi Angliyada eng yaxşisi edi. Hozir bularning hammasi tarix, heç qanday jozibadorligi qolmagan.
Ha, tan oliş kerak, ijobiy tomonlar ham bor. Masalan, sönggi ön yilda klub çipta narxlarini muzlatgan va boşqa top-klublardan farqli ravişda, narxlar oşirilmagan. Ammo dastlabki 5 yilda narxlar tez sur'atlarda yuqoriga ösib ketgandi.
«Old Trafford»da, klubda haqiqatan ham fidoyi bölgan, klub manfaatlari uçun jon kuydiradigan insonlar işlaşini e'tirof etiş lozim. Aynan ular klub imiji, muxlislar bilan munosabatlar borasida qayğurib keladilar. Aytaylik, klub pandemiyada davrida öz personalini hukumat ta'minotiga ötkazib yubormadi, maoşlar saqlanib qolindi. Şuningdek, fanatlarning Yevropa Ligasi doirasidagi Qozoğistondagi uçraşuviga bepul borişlari ta'minlandi. Sönggi paytlarda, klub öz rivojlaniş kursini özgartirgani, pul sarflaşda ham, transferlarda ham yomon harakat qilmayapti, ammo bu ijobiy kayfiyat Superliga maşmaşasida bir çetga çiqdi.
«Yunayted» muxlislari klub muvaffaqiyati uçun tepada biror oligarx turişi şart emasligini bilişadi, klub barqaror daromad keltirib, ikki oyoğida dadil tura olişiga işonişadi. Lekin bu daromadlar klubning böyniga ilib qöyilgan qarzlarni yopişga ketaversa, «Yunayted» oyoğiga toş boğlangan suzuvçi singari, boşqa top-klublar bilan raqobat qila olmaydi.
Q.Aslanov tayyorladi












