2021 yilning 1 may kuni soat 23:30larda voyaga yetmagan 14 yoşli Izzatulla X. Toşkent şahri Şayxontohur tumani Ilğor mahallasida joylaşgan jamoat joyi hisoblangan “Aviaçipta” binosining orqa tomonida bölgan vaqtida mojaro kelib çiqqan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, 14 yoşli Izzatulla X. 22 yoşli Orif A.ga u bilan ikki kun oldin salomlaşmaganini, uni yoş bola sifatida körganini vaj qilib, heç bir sababsiz çap qöltiq sohasiga bir marotaba piçoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan  Izzatulla X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, u protsessual tartibda uşlangan.

Qayd etilişiça, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.