Madaniyat vazirining birinçi örinbosari sifatida işlab kelgan Jamol Nosirov boşqa işga ötişi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi. Uşbu ma'lumotni Kun.uz'ga vazirlik matbuot xizmati tasdiqladi. Nosirovning örnini Bahodir Ahmedov egalladi.
Bahodir Ahmedov 1973 yilda tuğilgan; 1996 yilda Toşkent elektrotexnika aloqalar institutini, 2007 yilda esa Prezident qoşidagi Davlat boşqaruv akademiyasini bitirgan.
U turli yillarda«Özbeknavo» estrada birlaşmasi boş direktori, madaniyat va sport vaziri, Toşkent viloyati hokimi örinbosari sifatida işlagan. 2020 yil yozida Özbekiston çim ustida xokkey federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan.

Jamol Nosirovga yaqin manbalarga köra, u Buxoro şahri hokimi etib tayinlanişi mumkin.
Ta'kidlaş lozim, uç oy oldin Buxoro şahri hokimi lavozimiga Ötkir Jumayev tasdiqlangan edi. U 2020 yil martidan buyon şahar hokimi lavozimida işlamoqda.
Eslatib ötamiz, Madaniyat vazirligini 2020 yil 23 yanvardan buyon Ozodbek Nazarbekov boşqarmoqda.












