Film Amir Temurning bolalik davri, uning şakllaniş yillari va kelajakdagi buyuk siymo sifatida voyaga yetişi haqida hikoya qiladi.
Madaniyat vaziri maslahatçisi Rauf Nabiyev va “Raqamli Sanʼat” ijodiy birlaşmasi jamoasi uşbu AI film orqali xalqimizning boy tarixiy merosini butunlay yangi, vizual jihatdan mukammal formatda dunyoga namoyiş eta oldi.

Uşbu muvaffaqiyat ortidan xalqaro maydonda Özbekistonga bölgan qiziqiş yanada ortdi va “AI Film Awards” taşkilotçilari festivalning navbatdagi global anjumanini aynan Özbekistonda ötkaziş taşabbusini ilgari surdi.
Hozirda Madaniyat vazirligi hamda “Raqamli Sanʼat” ijodiy birlaşmasi taşkilotçilar bilan uşbu festivalni kelgusi yili mamlakatimizda taşkil etiş masalasini muhokama qilmoqda.
Kann, Dubay, Parij, Marokaş va Venetsiya kabi dunyoning yirik kino markazlari mezbonlik qilgan nufuzli anjuman, kelgusi yili Toşkentda dunyoning eng kuçli raqamli sanʼat ijodkorlarini birlaştirişi mumkin.










