Ma’lum bölişiça, san’at vakillari yaqinda prezident bilan muloqot qiladi. Vazir Ozodbek Nazarbekov uşbu uçraşuv avvalidan san’atkorlar bilan yiğiliş ötkazdi, ularning takliflarini eşitdi. Şuningdek, vazir öz çiqişida yaqinda kötarilgan soliq mavzusi «şovqin»iga ham munosabatini bildirib ketdi.

21 aprel kuni Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’at sohasi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Ma’lum bölişiça, yaqinda san’atkorlar bilan prezidentning muloqoti ötkaziladi, bunga tayyorgarlik boşlangan. Vazir esa muloqot avvalida hamkasblarini tingladi, takliflarini eşitdi. 

Sözi boşida Nazarbekov yaqinda jiddiy muhokama qilingan san’atkorlarni soliqqa tortişni közlovçi qaror loyihasi yuzasidan fikrini bildirdi. 

“Bu hali muhokamada, qabul qilingani yöq. Soliq tölaş majburiy, hamma tölayapti, dunyoda soliq tölamaydigan odam yöq. San’atkorlar ham hozirgaça tölab kelmoqda, buni bilmay tölamayman deganlari ham bor. Ba’zilar yuzini, savodsizligini körsatib qöydi”, - deydi u. 

Vazirning qöşimça qilişiça, soliq tölamayman deyişga or qiliş kerak. 

Yiğilişda san’at vakillaridan kelgusida prezident stoliga qöysa böladigan takliflar söraldi. Soliq ma’muriyatçiligi, konsertlardan tölanadigan soliq, xalqaro doirada konsertlar beriş va gastrollar, madaniyat markazlari faoliyati, vazirlikning alohida telekanalini oçiş va şu kabi fikrlar örtaga taşlandi.

Xonanda Şuhrat Daryo saviyali asarlarga talab yuqori ekani, biroq reyting sabab ekranlarda körinmayotganidan nolidi. 

“Balki qandaydir resurs, masalan Madaniyat vazirligi telekanalini oçib, hamma saviyali asarlarni unda joylaştirib borişar”, - deydi san’atkor. 

Bunga javoban esa Nazarbekov takliflar va taşabbuslar ijroçilari san’at vakillarining özi bölişi, davlat esa faqat qöllaşi mumkinligini aytdi. 

“Oldinga qarab ketaylik, sovet davridek gapirmanglar. Davlat qilib bersin, degan tuşunçadan uzoqlaşaylik”, - deydi vazir.