Qirğiziston çegaraning belgilanmagan uçastkalari masalasini yil oxirigaça hal qiladi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan çiqişida aytdi.

«Biz qöşni mamlakatlar bilan çegara masalalari böyiça yil oxirigaça kelişuvga erişişni maqsad qilganmiz», - deb ta'kidladi u.

Uning sözlariga köra, Qirğiziston qöşni mamlakatlarga transport yölaklari va havo qatnovi, çegaradagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantiriş böyiça qator davlatlararo loyihalarni taklif etiş niyatida.

Japarov şuningdek, respublika Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilişda davom etişini va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirişini bildirdi.