Dehqonobodning 100 dan ortiq qişloqlarini içimlik suvi bilan ta'minlaşi közda tutilgan «Dehqonobod-Oqsuv» loyihasining 1-bosqiçi işga tuşdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Uşbu loyihaning qiymati salkam 269 milliard sömni taşkil etadi. 78,8 km içimlik suv quvuri hamda bir sutkada 10 ming 800 m³ suv yiğiş inşooti qurib bitkaziş  rejalaştirilgan.

183 km qişloq aholi punktlarigaça va 310 km içki suv tarmoqlari, 2 ta 500 m3 lik suv saqlaş hovuzi, 1 ta suv taqsimlaş inşootlari qurib bitkazilmoqda.

Avvalroq xabar berganimizdek, loyiha töliq işga tuşgaç, tumanning 78 foizi yoki 116 ta qişloqdagi 113 ming aholi toza içimlik suvi bilan ta'minlanadi. 

Quriliş işlari 2018 yil boşlangan bölib, loyihaga jami 268 milliard 400 million söm mablağ ajratilgan. Ayni kunga qadar 226 milliard 400 million sömlik quriliş montaj işlari bajarilgan.

Tadbirda Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov ham iştirok etdi.