Botir Qurbonovning aytişiça, «Sputnik V» vaksinasi faqat amaldorlar uçun olib kelingani haqida aytilayotgan fikrlar noörin. Çunki bu vaksina ham 65 yoşdan kattalar va tibbiyot xodimlarini emlaş uçun olib kelingan. Toşkent şahrida mavjud emlaş markazlariga mazkur vaksina bilan emlaniş uçun murojaat qilayotgan ayrim şaxslar yoşi 65 yoşga yetmagani bois ularga rad javobi berilgan.

«Bugungi kungaça Toşkent şahrida 23 mingdan ortiq fuqaro «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan. Keltirilgan 50 ming vaksinaning asosiy qismi poytaxt aholisiga töğri kelmoqda. Çunki bu vaksinaning olib kelinişi va saqlanişi ma'lum sovuqlik zanjirini talab qiladi. Bugun-ertadan boşlab respublikamiz viloyatlarida ham uşbu vaksina bilan emlaşni boşlaş közda tutilgan», dedi Qurbonov.

Özbekiston «Sputnik V» vaksinasi uçun katta miqdorda buyurtma bergan, ammo işlab çiqaruvçi tomonidan yetkazib berişda muammo bölganligi bois 50 ming dozada olib kelingan.

«Kamida 500 ming dozada keltirişni möljallagandik. Işlab çiqaruvçi korxona tomonidan faqatgina 50 ming doza tayyorlab berildi. Transport vazirligiga alohida topşiriq berilgan, agar Rossiya vaksina tayyor desa, hoziroq borib olib kelişga imkoniyatimiz bor», deydi Botir Qurbonov.

Oldinroq odamlar «Sputnik V» vaksinasi bilan emlaş boşlangani haqida xabar berilgan edi. Ayni paytda özbekistonliklar AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001 hamda «Sputnik V» vaksinalari bilan emlanmoqda.