Joriy yilning ötgan davrida erişilgan yutuqlar bilan taniştiriş maqsadida Oltiariq tumaniga ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida press-tur taşkil etildi va mahallabay tizimida olib borilayotgan amaliy işlarda “Agrobank” ATBning iştiroki xolis örganildi. Uşbu tijorat bankiga respublikamizning 17 ta tumani biriktirilgan bölib, bankning doimiy vakillari mahallalar kesimida uyma-uy yurib, aholini tadbirkorlikka jalb qiliş va şu orqali yurtdoşlarimizning daromadini oşirişga kömaklaşmoqda. Oltiariqning drayver sohasi bu uzumçilik. Şu bois moliyalaştirilayotgan loyihalar hajmining asosiy uluşi uzumçilik kooperatsiyalari hissasiga töğri keladi.

Dehqonçilik barakali soha. Faqat unda mehnatdan taşqari zarur resurslar ta'minoti ham muhim. Oltiariq tumanida ekin yerlari suv ta'minotini yaxşilaş uçun umumiy qiymati 3,2 milliard sömlik loyihani amalga oşirişga kirişildi. Şundan 1 milliard söm “Agrobank” ATB tomonidan homiylik mablaği sifatida tölab berildi. Uşbu mablağlar hisobidan Börbonliq va Kattaqörğon mavzelarida 4950 metr masofaga beton ustunlar va transformatorlar örnatilib, 7 ta suv quduğida qaziş işlari töliq yakunlandi.
– Bir yilda yerdan uç marta hosil olamiz, misol uçun hozir karamni uzib olgaç, pomidor, yeryonğoq, keyin kökatlar yetiştiramiz, – deydi “Fayzli boğlar sari” kooperatsiya rahbari Sardor Hakimov. – Biz yoşlarni iş bilan ta'minlaşda ham hissa qöşiş uçun 50 nafar yoşlarning har biriga 12 sotixdan yer ajratib berdik. Ularga biz köçatlar, mahalliy öğitlar yetkazib beramiz. Evaziga esa yetiştirilgan mahsulotni özim sotib olaman. Şunda bemalol eksport şartnomasi tuza olaman.

Oltiariqdagi 295,8 gektar maydon yer ajratiş böyiça tanlovga qöyilib, bugungi kunda 268 ta fukaroga Börbonliq va Povulğon mavzelarida 10 sotixdan, Yangiobod mavzesida 16 sotixdan, yer maydonlari ajratib berildi. Bundan avvalo temir daftar, ayollar daftari, yoşlar daftariga kiritilgan fuqarolarning işli bölişi, manfaati közda tutilgan.
– Biz ham 370 tonnalik sovutgiç qurib işga tuşirdik, – deydi “Oltiariq asl mevasi” MÇJ rahbari Muhammad Tojimatov. – Gilosdan boşlab, örik, şaftoli, anor va behi bilan mavsumni tugatamiz. Rossiya, Xitoyga, bu yildan esa Yaponiya va Ukrainaga eksportni boşladik. “Ayollar”, “Yoşlar” daftariga kirgan öndan ortiq qişloqdoşlarimizni iş bilan ta'minladik. Xöjalik ayni vaqtda “Agrobank”dan olingan kredit hisobidan uzoq yölga qatnovçi şofyorlar uçun mehmonxona quriş, yangi tokzorlar barpo etiş borasida işlar olib borilmoqda.
Qayd etiş kerakki, tumanda çorvaçilik sohasi ham yaxşi rivojlanmoqda. Bunda esa “Ibodatxon Oltiariq savdo” fermer xöjaligining alohida uluşi bor. Bankdan olingan qariyb 3 milliard sömlik kredit evaziga Fransiya va Germaniyadan 100 boş atrofida naslli qoramol olib kelindi. Şuningdek, kuniga 35 tonna sutni qayta işlab 16 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda.

Hozirda hududdagi 55 ta fuqaroga 1 milliard 417 million söm issiqxonalar quriş uçun kreditlar ajratib berilgan bölib, uşbu mablağlar hisobidan har biri 5 sotixdan iborat 55 ta issiqxona qurib bitkazildi. 22 ta fuqaroga 20 sotixdan tokzor barpo etiş uçun 140 million söm kredit berildi.

Oltiariqqa safar çoğida OAV xodimlari tuman iqtisodi, hududning qişloq xöjaligi va sanoat tarmoqlari bilan boğliq imkoniyatlari bilan tanişdilar. Özlaştirilayotgan yangi tajribalar hududning sölim qiyofasi, odamlar dunyoqaraşida ham özgarişlar hosil qilayotganiga guvoh böldilar. Ğayratli şu tuproqqa ta'zim qilib, undan duru gavhar undirayotgan oltiariqlik dehqon, boğbon va çorvadorlarning orzu niyatlari bilan tanişdilar. Zero, Oltiariqning tuproği — zar, dehqoni — zargar, deb bejizga aytilmaydi.
“Agrobank” ATB Matbuot xizmati












