Navoiy viloyatining tuman va şaharlarida prokuratura xodimlari tomonidan xalq ta'limi, maktabgaça ta'lim hamda tibbiyot sohasi xodimlari iştirokida sodir etilayotgan korrupsion jinoyatlar tahlili va sabablariga bağişlangan yiğilişlar ötkazilmoqda.
Viloyat prokuraturasining ma'lum qilişiça, hududda budjet pullarining talon-toroj qiliniş holatlari asosan uşbu sohalar hissasiga töğri kelgan.

Ta'kidlanişiça, tibbiyot, maktabgaça ta'lim va xalq ta'limi tizimlarida korrupsiya holatlarini sodir etiş evaziga böş iş örinlari bölmasa ham tasdiqlangan ştatlar jadvaliga nisbatan ortiqça ştat birliklari saqlaş yoki bir iş örniga bir neça fuqarolarni işga qabul qiliş holatlariga yöl qöyilmoqda.
Hozirgaça Xatirçi, Konimex, Karmana va Navoiy şahri prokuraturalari tomonidan şunday yiğilişlar ötkazilib, yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf qilmagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkinligi yuzasidan ogohlantirilgan.

Avvalroq Navoiy viloyati prokurori va viloyat DXX boşqarmasi boşliği hamkorligida viloyatdagi barça tijorat banklari rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazilib, bank xodimlari qat'iy ogohlantirilgandi.











