Andijon viloyati Xonobod şahrida 7 mayga ötar keçasi voyaga yetmagan ikki bola toşqin oqibatida vafot etgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov voqea tafsilotlarini ma'lum qildi.

«Menimça, bu — ota-onaning xatosi. Şunday holatlarda amal qilinişi kerak bölgan xavfsizlik çoralari buzilgan. Ular ikki farzandi bilan hovliga çiqqan. Qaysidir vaqtga kelib, bolalar qarovsiz qolgan. Oqibatda ikkala bolani ham toşqin olib ketgan. Keyinçalik ularning jasadlari topildi», — deya ta'kidlagan Murod Sodiqov bedarak yöqolganlar yöqligini ma'lum qilgan holda.

«Bugun hammasi joyida. Yöqolganlar yöq. Afsuski, hozirça faqat ikki qurbon bor», — degan u.

Eslatib ötamiz, 6–7 may kunlari Özbekistonning qator viloyatlarida kuçli yomğir kuzatilgan. Natijada ayrim hududlarga sel kelgan edi.

Andijonda 700ga yaqin xonadonga zarar yetdi, ikki bola halok böldi. Namanganda toşqin sabab avtomobil va temir yöl harakati çeklanib qoldi (https://kun.uz/news/2021/05/07/namanganda-suv-toshqini-oqibatida-ayrim-yollarda-transport-harakati-cheklandi). Surxondaryoda sel kelişi sabab bolalar boğçadan evakuatsiya qilindi.