Associated Press axborot agentligining xabar berişiça, ortga jönatilayotgan AQŞ harbiy texnikasining katta qismi «qoldirişga möljallanmagan qimmatli qurilmalar» hisoblanadi. Bu haqda agentlikka noma'lum bölib qolişni istagan amerikalik amaldorlar ma'lum qilgan.
Ularning ta'kidlaşiça, boşqa qimmatbaho texnika, jumladan, vertolyotlar, qurol va öq-dorilar Afğoniston mudofaa va xavfsizlik kuçlariga topşiriladi. Afğon hukumat kuçlariga, şuningdek, bir neçta baza taqdim etiladi.
Bundan taşqari, yomon holati sababli ta'mirlab bölmaydigan qurilma va transport vositalari ham yöq qilinadi.
Amerikalik harbiylarning ma'lum qilişiça, hozirgi kunga kelib 1,3 mingta texnika yöq qilingan. AQŞ harbiylari olib çiqib ketiladigan sönggi muddat – 11 sentyabrgaça yanada köproq texnikani yöq qiliş rejalaştirilgan.
Aprel oxirida AQŞ va NATO qöşinlari «Tolibon» bilan tuzilgan kelişuvga köra, Afğonistonni tark eta boşladi. Qöşinlarni 2021 yil 11 sentyabrgaça töliq olib çiqib ketiş közda tutilgan.













