Kun.uz muxbiri öşa tasvirlangan joyni öz közi bilan köriş uçun Qönğirotdagi posyolkaga yöl oldi.
Nukusdan taxminan 500 km uzoqlikdagi hududga yetib borişga qariyb 10 soat vaqt ketdi. Yengil maşinada yöl olingani uçun birmunça tezroq yurildi.

«Hayvon ham yurmaydigan yöl»ning boşlanişiga kun botay deganda yetib bordik. Bu yöl donği ketgan Jasliq qamoqxonasidan ham uzoqda joylaşgan ekan. Yölda na bir tirik jon, na bir suv içiş uçun joy bor. Quruq sahro oralab ketaverasiz, ketaverasiz...

Abgor yölning boşlaniş qismida Qönğirot yöllardan foydalaniş unitar korxonasining işçilariga duç keldik. Ular yölda joriy ta'mirlaş işlarini olib borayotgan ekan. Korxona xodimi avvaliga bizga ma'lumot berişdan boş tortdi. Keyinroq baribir muloqotga rozi böldi.


Ismi sir saqlanişini söragan xodimning aytişiça, abgor holatda qolayotgan yölning uzunligi aslida 107 km.ni taşkil etadi. Yöl 2016 yildan boşlab mana şu holatga kelib qolgan.

«Uni töliq ta'mirlaş uçun 50 mlrd sömga yaqin pul kerak böladi. Har yili smetada körsatib beramiz. Lekin pul ajratib berişmaydi. Har yili 5–10 mlrd sömdan pul ajratib bölsa ham, yöl tuzatib turilganida u bunday ahvolga tuşmasdi. Hatto hozirgi boşlagan işimizga ham pul ajratilmagan. Şunça texnika va işçilarga pul qayerdan berilişi noma'lum», — deydi korxona xodimi.

Mutaxassisning sözlariga köra, yölga 2002–2006 yillarda asfalt yotqizilgan. Şundan buyon bu yöl ta'mirlanmagan. Öşa paytda yotqizilgan asfalt ham sifatsiz bölgan. Ya'ni zavodda yangi pişirilgan asfalt bölmagan. Yöllardan qirib olinib, qayta qorib işlangan mexanik asfalt yotqizilgan.

«Şundan keyin nima bölsin? Aytib-aytib çarçadik. Baribir foydasi yöq. Hozirgi işlarni ham qarzga bajaryapmiz. Tarmoqda videolar tarqalgaç, bizni bu yerga yuborişdi. Qayergaça, qaçongaça işlaşimiz ham noma'lum», — deydi Qönğirot yöllardan foydalaniş unitar korxonasi xodimi.

Suratga oliş işlarini yakunlab, ortga qaytayotganimizda bir kun oldin körganimiz texnika va işçilar yöqolib qolgan edi.

Önqir-çönqir bölib yotgan yölda yengil maşina bilan soatiga 20 km tezlikdan ortiq hayday olmadik. Yöl böyi haydovçimiz Farrux Rahmonovning fikrlarini tingladik. Yölimizda uçragan, xorijdan Özbekiston hududiga kirib kelgan haydovçilar bilan suhbatlaşdik.


Xulosa qilib aytganda, yölning 964-1204 kilometri, ya'ni Qönğirotdan toki Qozoğiston davlat çegarasigaça bölgan hududning 90 km.dan ortiq qismi yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Lavhani tayyorlab qaytganimizdan söng bizga ma'lum bölişiça, «Qönğirot – Karakalpakiya posyolkasi» oraliğidagi 240 kilometrli yöl Osiyo taraqqiyot banki kömagida qayta quriladigan bölgan. Joriy yilning özida mazkur yölga 34,6 mln AQŞ dollari investitsiya mablağlari yotqizilişi közda tutilgan. Ta'mirlanadigan yöl ikki polosali böladi.


Kun.uz tillarga tuşgan va çindan ham öta abgor holatda bölib turgan mazkur yaroqsiz yölning tezroq soz holga keltirilişi, haydovçi va yölovçilarning muşkuli oson bölişi, xorijdan Özbekiston hududiga kirib kelgan çet ellik haydovçilarning hafsalasi pir bölişiga çek qöyilişidan umid qiladi va jarayonni kuzatib boradi.
Şuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri,
Montaj ustasi Faxriddin Hotamov.











