Ma'lum qilinişiça, departamentning viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar ötkazilgan. Ularda Toşloq tumanidagi davlat MTT mudirasi fuqaro D.T.ni 0,5 stavka işga oliş uçun undan 200 dollar miqdorida pora talab qilgan va jinoyat ustida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Şuningdek, Qöqon şahridagi 64-ixtisoslaştirilgan davlat maktabgaça ta'lim taşkiloti mudirasi E.I. ham 2020 yilning iyun oyida tuğuruq ta'tilidan qaytib, işlaş istagini bildirgan M.M.dan pora olişga uringan vaqtida kimyoviy işlov berilgan pullarni pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Boğça mudiralari Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, ularga ikki yil muddatga mansabdor va moddiy javobgarligi bölgan lavozimlarda işlamaslik va uç yilga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Qayd etilişiça, departament xodimlari tomonidan Furqat tumanidagi davlat boğçalaridan biri örganilganda 2016—2020 yillar davomida aslida işlamagan 9 nafar şaxsga iş haqi yozilib, budjet mablağlarini talon-toroj qiliş holatlari aniqlangan.
Avvalroq, Farğonada boğçalarga yetkazib berilayotgan göşt mahsulotlari sifati qoniqarsiz ekani aniqlanganligi yuzasidan xabar berilgan edi.











