Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus COVID-19 pandemiyasining ikkinçi yili birinçi yilga nisbatan yanada köproq ölimlarga sababçi bölişi mumkinligini aytdi.
«COVID-19 3,3 milliondan ortiq ölimga olib keldi va biz pandemiyaning ikkinçi yili birinçi yilga nisbatan yanada halokatli bölişi mumkinligi yölida turibmiz», — dedi u.
Avvalroq Gebreyyesus dunyoda koronavirus yuqtiriş va ölim holatlari tekis çiziqqa tuşganini aytgandi. Uning sözlariga köra, Şimoliy va Janubiy Amerikada kasallaniş va ölim holatlari kamaygan. Osiyo, ayniqsa Hindistonda esa aksinça, kuçli ösiş kuzatilmoqda.
Aprel oxirlarida JSST Hindiston duç kelgan vaziyat har qanday davlatda kuzatilişi mumkinligidan ogohlantirgandi.













