Uçraşuvning birinçi bölimidan keyin mehmonlar uçta gol farqi bilan hisobda oldinga çiqib, ğalabani deyarli rasmiylaştirgan edi. Ikkinçi bölimda esa Eldor Şomurodov zaxiradan maydonga tuşib, öyinda buriliş yasay oldi. 

Maydonga tuşganidan ikki daqiqa ötib, 48-daqiqada Eldor ajoyib zarbasi bilan hisobdagi farqni qisqartirgan bölsa, orada Paşaliç farqni yana uçtaga yetkazdi. 67-daqiqada Pandev penaltidan hisobni qisqartirdi, 84-daqiqada esa Şomurodov yana katta sahnaga çiqdi. Eldor darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga çiqib, öyindagi yakuniy natijani örnatdi – 3:4.

Uşbu gol evaziga Eldor Şomurodov A Seriyadagi dastlabki dublini rasmiylaştirdi. Bu özbekistonlik hujumçining Italiya çempionatidagi 7-goliga aylandi. 

Natijada «Atalanta» 78 oçko bilan 2-örindagi örnini mustahkamlab, YeÇL yöllanmasiga yaqin kelgan bölsa, «Jyenoa» 39 oçko bilan 14-örinda bormoqda. Klub A Seriyada qoliş vazifasini bajargan.

A Seriya. 37-tur
Jyenoa – Atalanta 3:4
Gollar: 0:1 – 9 Sapata, 0:2 – 26 Malinovskiy, 0:3 – 44 Gozens, 1:3 – 48 Şomurodov, 1:4 – 51 Paşaliç, 2:4 – 67, penalti Pandev, 3:4 – 84 Şomurodov.
Jyenoa – Marketti, Gilone (Portanova, 57), Masello, Ongene, Radovanoviç, Rovella, Kassata (Eldor Şomurodov, 46), Zayts (Kaso, 46), Melegoni (Ebong, 79), Pyatsa, Destro (Pandev, 46).
Atalanta – Gollini, Xatebur, Romero, Toloi, Gozens (Palomino, 76), Malinovskiy (Lammers, 57), de Ron, Mirançuk, Froyler (Pessina, 46), Gimşiti, Sapata (Paşaliç, 46).