NATO raketa va havo hujumidan mudofaa böyiça «AtSeaDemo/FormidableShield» deb nomlangan yirik va murakkab harbiy maşğulotlarni boşladi. Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, maşğulotlarning asosiy qismi Şotlandiya va Norvegiya sohillarida bölib ötadi.
«Maşğulotlar doirasida soatiga 20 ming kmdan yuqori tezlikda uçayotgan raketalarni aniqlaş va kuzatiş işlari amalga oşiriladi. Kema va samolyotlar ham tovuşdan tez harakatlanuvçi raketalardan himoyalaniş maşqlarini bajaradi», — deyiladi NATO xabarida.
Maşğulotlar 3 iyungaça davom etadi. Ularda NATOga a'zo 10ta mamlakatdan 3,3 mingdan ortiq harbiy, 15ta kema va önlab samolyotlar qatnaşadi.
Avvalroq Estoniyada Amerika havo desantlarining Swift Response 21 öquv maşğuloti yakuniga yetgandi.












