Navoiyda 15-16 may kunlari «Zarafshan Golden Group» kompaniyasi taşabbusi bilan viloyat hokimligi hamkorligida xususiy sektorlar örtasida quriliş materiallari körgazmasi bölib ötdi. 

Viloyat hokimligi axborot xizmatiga köra, körgazmada respublikadagi 80 dan ortiq korxona öz mahsulotlari bilan qatnaşgan.

Şuningdek, körgazma doirasida «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 11 million AQŞ dollariga teng bölgan 2 ta yirik loyiha taqdimoti va oçiliş marosimi ham bölib ötgan.

Avvalroq Navoiy şahridagi «Navoiy maşinasozlik zavodi» işlab çiqariş birlaşmasida metallurgiya, maşinasozlik, energetika, kimyo sanoati va quriliş materiallari sohasida respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi ötkazilgandi.